Bayramlardagi tungi navbatçiliklar va majburiy mehnat

Matn29-dekabr, 2019, 09:003 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Bayram arafasidagi tungi navbatçiliklarga çek qöyadigan payt kelmadimi?

Har bayram arafasida respublikamiz böylab xodimlarning navbatçiligini, ayniqsa tungi navbatçilik joriy qiliş anʼanasi mavjud. Bu anʼana qayerdan va qaçon paydo bölganini aniq bilmadim, lekin uning huquqiy asoslari haqida bilib qöysangiz yomon bölmasdi. Bu haqda ötgan yili batafsil maqola yozgandim:

👉 https://kun.uz/92591839

Navbatçilikning turlari köp. Şulardan biri bayram kunlarida jadval asosida «operativ» taşkil etiladigan bir martalik navbatçilikdir. Bunday «operativ navbatçilik»ning qolganlaridan asosiy farqi şundaki, unga jalb qilingan xodimlar özlarining asosiy funksional vazifalarini bajarişmaydi. Yaʼni, bunday navbatçilik vaqtida öqituvçi dars bermaydi, şifokor davolamaydi, buxgalterlar hisob-kitob qilmaydi va h.k. Xullas, belgilangan vaqtda belgilangan joyda turib berişsa böldi.

Navbatçilik taşkil qilişdagi muammolar

Amaliyotdagi eng köp uçraydigan muammolardan biri bayram kunlaridagi navbatçiliklar heç qanday huquqiy asosga ega bölmasdan taşkil qilinadi. Yaʼni, iş beruvçining buyruği (farmoyişi) çiqarilmasdan, şunçaki oğzaki körsatma bilan belgilanadi. Şu sababli deyarli barça holatlarda bunday «operativ navbatçilik» uçun xodimlarga heç qanday haq tölanmay kelinmoqda.

Bundan taşqari mabodo navbatçilik vaqtida xodimlar turli köngilsizliklar tufayli tan jarohati olsa yoki vafot etsa, mehnat muhofazasi masalasida ham muammolar yuzaga keladi. Iş beruvçining heç qanday rasmiy buyruği bölmagandan keyin, unga kelgusida tovon puli tölaşdan osongina boş tortiş mumkin böladi.

Bunday navbatçiliklarda bayram kunlari odatda har safar taşkilotdagi eng yoş yoki eng “böş” xodim qöyiladi. Şu sababli noiloj har bayramni taşkilotda ötkazadiganlar ham yöq emas.

Qiziq tomoni, hokimiyatdagilar taşkilotlarga kelib, navbatçi bor yoki yöqligini tekşirib ketişadi. Agar mabodo biror xodim navbatçi bölmasa, unda taşkilot rahbari biror jazo olişi ham mumkin.

Navbatçilik özi nimaga kerak?

Meni doim şu savol öylantiradi. Bayram kunlaridagi navbatçiliklar, ayniqsa tungi vaqtda qaysidir xodimning işxonada yotib qolişidan kimga nima naf? Tunda bitta xodimining korxonada tunab qolişidan iş beruvçiga nima foyda? Mehnat jamoasigaçi?

«Xavfsizlik», deysizmi? Unda öşa korxonadagi qorovul yoki içki işlar organlarining qöriqlaş xizmati xodimlari nima qilib ötiribdi? Ular nima uçun maoş olişmoqda? Qöriqlaş uçunmi? Maktab qorovuli böla turib, matematika öqituvçisining maktabda tunaşi qay darajada mantiqqa töğri keladi?

«Favqulodda holatlar», deysizmi? Xöş, favqulodda vaziyatlarda, aytaylik, yonğin yoki zilzila payti matematika öqituvçisi nima qilib bera oladi? Nari borsa, 101 raqamiga telefon qilişi mumkin. Şu işni taşkilot qorovuli qilsa bölmaydimi?

Mening öta şaxsiy fikrim quyidagiça:

taşkilot xodimlarining bayram kunlari tunda navbatçilik uçun işxonada tunab qolişi agar yonğin bölsa, qurbonlar sonining bittaga ortişiga, agar terrorist yoki bosqinçilar hujum qilsa, garovdagilar yoki murdalar sonining bittaga köpayişiga, agar boşqa köngilsiz holatlar bölsa ham, jabrlanuvçilar soni köproq bölişiga olib keladi, xolos. Navbatçilikning foydasi haqida gap ketganda esa, jöyali sabab sanab bera olmayman. Yana ham kim bilsin.

Xodimlarning roziligisiz ularni dam oliş (bayram) kunlari yoki tunlari navbatçilikka qöyiş ham majburiy mehnatning bir körinişi emasmikin? Har bir xodimning yangi yil bayramini normal odamlarga öxşab, uyda – oila davrasida kutib olişga (ötkazişga) haqqi bölsa kerak?

Toşkent şahri öz yöliga, ammo çekka hududlarda svet va gaz bilan boğliq muammo borligini yaxşi bilamiz, u yerdagi taşkilotlarda tunab qolayotgan xodimlarning ahvolini bir öylab köriş payti kelmadimikin?

Mazkur masala yuzasidan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligidan munosabat kutib qolamiz. Şuningdek, Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarşi kuraşiş milliy komissiyasidan javob olsak ham yomon bölmasdi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek