Mehnat huquqlari va jamiyat rivoji haqida mulohazalar

Matn11-iyun, 2018, 09:302 daqiqa0 koʻrish

Menimça, kundalik turmuşda har doim ham Jinoyat kodeksiga amal qilinmasa qilinmasin, lekin özini hurmat qilgan jamiyatda Mehnat kodeksiga qatʼiy amal qilinişi lozim va lobid.

Agar mantiqan öylab qarasak, juda köp narsa xodimlarning mehnat huquqlari buzilişidan kelib çiqadi:

iş haqlarning kamligi – aksariyat hollarda korrupsiya yoki şu kabi jinoyatlarga yetaklaydi (yoki qaşşoqlikka);
iş vaqtining tayinsizligi (har kuni keçqurun soat 10-11 (yoki undan ham keç)gaça işlaş) – farzandlar tarbiyasining sustlaşişiga yetaklaydi, salomatlikniku gapirmay qöya qolay;
dam oliş kunlarisiz işlaş – ruhiy zöriqiş va oilalardagi notinçlikka yetaklaydi;
taʼtilsiz işlaş – iş sifatining keskin pasayişiga olib keladi;
mehnat muhofazasi taʼminlanmagan joyda işlaş – halok bölganlar va nogironlar sonining köpayişiga sababçi böladi;
işsizlikning yuqori darajasi – jamiyatdagi umumiy norozilik va pessimistlikni keltirib çiqaradi, ijtimoiy muvozanatni izdan çiqaradi.

Balki bularning barçasi bittada sodir bölmas. Yaʼni farzandlar bir kunda betarbiya bölib qolmaydi, oilalar bir kunda ajraşib ketmaydi, bir kunda hamma jinoyatçiga yoki korrupsionerga aylanib qolmaydi. Lekin bu sekin taʼsir qiluvçi oğu, vaqt ötişi bilan jamiyatni falajlaydi, oxir-oqibat baribir salbiy oqibat sodir böladi.

Xodimlarning qadr-qimmati yetarliça taʼminlanmagan jamiyat rivojlanmaydi. Yoki bir joyda depsinib turaveradi, yoki orqaga ketadi.

Şunday ekan, yangi davr sari olğa qadam taşlayotgan Özbekiston mehnat sohasini isloh qilişga jiddiy eʼtibor qaratişi lozim. Tilyoğlamalikdan holi ravişda aytamanki, söngi yillarda bu borada sezilarli ijobiy özgarişlar amalga oşirilmoqda. Birgina majburiy mehnatning TAN OLINIŞI (!) va unga qarşi kuraşning boşlangani köp narsadan dalolat. Birgina şu jihatning özi Özbekistonning xalqaro imidjini karrasiga oşirgani ham ayni haqiqat.

Ayrim sohalar va davlat organlari tizimida oylik iş haqlarining sezilarli ravişda oşirib borilişi, yaratilgan yangi iş örinlari haqida safsata statistikalar berilişining töxtatilgani va h.k. keng kölamli işlarni ham eslab ötiş kerak.

Ammo qilingan işlarni hozirça yetarli darajada deb bölmaydi. Hali munosib mehnat dasturi böyiça qilinadigan işlar bisyor, muammolar yetarliça. Bularning barçasi IMHO albatta.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek