Behzod Hoşimov Özbekiston haqidagi 5 ta faktni sanab ötdi
Manba:Daryo — LIVE
Bir qator maqolalari bilan jamoatçilik eʼtiboriga tuşib ulgurgan iqtisodçi Behzod Hoşimov Feysbukdagi sahifasida Özbekistonga boğliq, lekin köpçilik işonmaydigan statistik maʼlumotlar haqida qiziq post qoldiribdi. Tarjimasini (biroz qisqartirib) eʼtiboringizga havola qilamiz.
👇🏻👇🏻👇🏻
Özbekistonda odamlar zör berib işonişda davom etayotgan köplab barqaror afsonalar bor. Juda oliy maʼlumotli va zakiy kişilar ham, agar ularning olam haqidagi tasavvurlarini özgartirişga qodir bölsa, baʼzi raqamlarga heç işona olmaydi. Men Toşkentdagi tanişlarim işonişi eng qiyin bölgan beşta obyektiv statistik maʼlumotlarni özim uçun yozib oldim (balki viloyatlarda odamlar bunday statistikadan boxabardir, ehtimol ular yangi maʼlumotlarga nisbatan toqatliroqdir, kim bilsin).
1. Özbekistonda qizlardan köra öğil bolalar köproq tuğiladi. Nisbat — taxminan 1,05 ga 1. Yaʼni, yangi tuğilgan million çaqaloq orasida öğil bolalar 50 mingtaga ortiq. Erkaklar ayollar nisbatan köp vafot etişini hisobga olgan taqdirimizda ham, 20—34 yoş oraliğida baribir erkaklar ziyod. Faqat 64 va undan katta yoşdagilar orasida ayollar uluşi biroz ortadi. Mamlakatimiz aholisi juda yoş ekanligidan kelib çiqsak, hozir qança ayol yetişmayotganini taxmin qilişga ham urinib ötirmayman: ortiqça erkaklar bilan katta bir şaharni töldiriş mumkin. Baxtimizga, köplab özbekistonlik erkaklar Rossiyada uylanmoqda. Bu, balki, ijtimoiy kamçiliklarni bartaraf etişga ham yordam berayotgandir.
2. 2016-yil maʼlumotlariga köra Özbekistonda atigi 2 million dona avtomobil bor. Avtomobillarning katta qismi yo davlat muassasalariga (davlatning iqtisodiyotdagi hajmidan kelib çiqib), yo xususiy firmalarga tegişli ekanini anglab yetiş köp qiyin emas. Yaʼni, jismoniy şaxslar ixtiyoridagi avtomobillar soni mana şu 2 milliondan ham kamroq. Demak, Özbekistondagi juda köpçilik odamlarda avtomobil yöq. Bu fakt tengsizlik bilan yanada oğirroq köriniş oladi: bittadan köproq maşinasi bor neçta odam/oilani bilasiz? Şunday ekan, mamlakatimizning aksariyat aholisining avtotransportdan foydalaniş imkoniyatlari juda çeklangan. Körinib turibdiki, juda köpçilik jamoat transportidan foydalanadi, biz bölsak hali ham benzinga subsidiya ajratişda davom etyapmiz.
3. Özbekiston Qirğizistondan köra qaşşoqroq: YAIMning aholi jon boşiga uluşi mos ravişda 990 dollar va 1144 dollar. Ha, 1995-yili biz Qirğizistondan 60 foizga badavlatroq edik, biroq bugun örta hisobda ular bizdan köra boyroq.
Biz Qozoğistondan 8,8 barobar kambağalroqmiz. Hayot darajasi böyiça 56 yildan söng Qozoğistondan özib ketişimiz mumkin — agar iqtisodiyotimiz yiliga 5 foizdan, ularniki esa 1 foizdan ösib borsa (qolgan barça körsatkiçlar özgarmay tursa: bu, albatta, haqiqatdan yiroq, men şunçaki nisbatan ijobiy va sodda ssenariyni çizyapman). Raqamlar mantiğini tuşuntiray: biz hozir yiliga 50 dollarga ösyapmiz, ular bölsa 88 dollarga ösyapti. Taxminan 7800 dollarlik körsatkiçdan özib ketişimiz kerak. Albatta, bu haddan taşqari optimistik ssenariy, tarixda heç bir mamlakat ketma-ket 56 yil 5 foizdan ösmagan. Hatto eng muvaffaqiyatli mamlakatlar ham bunday surʼatni faqat bir dekada saqlab tura olgan, xolos. Agar rostdan uddalay olsak, u holda tarixdagi iqtisodiy rivojlaniş rekordini uramiz. Mening yoşim esa 80 dan ötgan böladi.
4. Bizda oliy taʼlim bilan qamrab oliş darajasi taxminan 8—9 foiz. Abituriyentlarning 90 foizdan ortiği OTMlarga öqişga kirmaydi, litsey va kollejlarning barça bitiruvçilari öqişga hujjat topşirmasligi ham tuşunarli hol (yaʼni, abituriyentlar soni tölaqonli axborot bera olmaydi).
5. Özbekistonda avtomobil avariyalari oqibatida juda köp odam halok böladi. Odatda avariyalar kölami aholi jon boşiga qarab hisoblanadi, biroq ularni yöllardagi avtomobillar sonidan kelib çiqib hisoblasak, yuzaga keladigan raqam juda-juda açinarli, ayniqsa, avtomobillar şu qadar kam bölgan bir vaziyatda... Bunday raqamlar xavotirga solişi kerak, ideal holatda esa jamiyatning boş muhokama mavzusiga aylanişi lozim.
PS. Suratda — Behzod Hoşimov amakisi, «Korzinka.uz» asosçisi Zafar Hoşimov bilan:

