Haşar uçun iş haqidan uşlab qoliş tartibi tuşuntirildi

Matn12-mart, 2021, 10:292 daqiqa0 koʻrish

Haşar munosabati bilan iş haqidan uşlab qolinişi mumkin emas, toki xodim özi rozi bölmas ekan...

Şu yil 13-mart kuni umumxalq xayriya haşari ötkazilişi maʼlum qilindi. Odatda, haşar munosabati bilan xodimlarning bir kunlik iş haqi uşlab qolinib, “Mahalla” xayriya jamoat fondiga ötkazib berilişiga odatlanib qolganmiz. Yaʼni heç kim xodimlardan sörab ham ötirmaydi, şunçaki buxgalterlar yoppasiga 1 kunlik iş haqini ötkazadi, tamom.

Köpçilik xodimlar esa buni sezmaydi ham, oy oxiriga borganda sal kamroq oylik çiqadi, özi şunaqa çiqibdi-da oyligim, deb öylaşadi.

Biroq, bir narsani unutmasligimiz lozimki, haşar munosabati iş haqidan uşlab qolinişi mutlaqo ixtiyoriydir.

Çunki, Mehnat kodeksining 164-moddasiga köra xodimning yozma roziligi bölmay turib uning iş haqidan uşlab qolinişi mumkin emas. Şuningdek, mazkur moddada iş haqidan xodimning roziligisiz ham uşlab qolinişi mumkin bölgan holatlar sanab ötilgan bölib, ular orasida haşar nazarda tutilmagan.

Rozilik deganda har bir xodimning yozma roziligi nazarda tutiladi. Köp holatlarda şunçaki taşkilot xodimlari jamoasi nomidan bitta protokol qilinib, xuddiki öşa majlisda hamma xodim qatnaşganu, haşarga 1 kunlik iş haqini berişga rozi bölgani haqida yozib qöyiladi. Lekin xodimlar buni bilmaydi ham. Aslida bu ham notöğri, bunaqa usul bilan xodimlarning iş haqidan uşlab qoliş noqonuniy!

Haşar - bu özbekona udum, milliy urf-odatimiz. Imkoningiz bölsa, haşarda albatta qatnaşing, atrofimizni obodonlaştiriş, tozalaş işlarida faol böling. Kam taʼminlangan, nogironligi bor oilalarga yordam qölini çözing, ulardan hol-ahvol sörang. Jamoatçilik işlarida befarq bölmang.

Ammo 1 kunlik iş haqingizni "Mahalla" xayriya fondiga ötkaziş yoki ötkazmaslikni özingiz hal qiling. Bu sizning mutlaq ixtiyoringiz. Çunki siz u pulni halol işlab topgansiz, özgalar sizdan söramasdan uni işlatişga haqqi yöq. Şuni bilib qöysangiz, yomon bölmasdi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek