Soliq tölovçilar eʼtirofi – 2019 jamoatçilik sörovi

Matn6-dekabr, 2019, 09:002 daqiqa0 koʻrish

«Soliq tölovçilar eʼtirofi – 2019» jamoatçilik sörovi

Rivojlangan demokratik davlatlarda fuqarolarga soliq tölovçilar sifatida qaraş anʼanasi mavjud. Sababi aynan xalq tölayotgan soliqlar mamlakat hayotida juda katta ahamiyatga ega. Soliq tölovçilar davlat xizmatçilarini istalgan masalada söroqqa tutişga, jamoatçilik ularni nazorat qilişga va ulardan hisobot söraşga haqli.

Bizda hali bu anʼana keng tarqalmagan, lekin quvonarli tomoni yildan yilga fuqarolarning huquqiy ongi oşib borişi asnosida özlarini soliq tölovçilardek his eta boşlamoqda. Öz navbatida soliq tölovçilar davlat taşkilotlarining faoliyatiga baho berişga ham tölaqonli haqqi bor.

2019-yil yakunlanişiga ham oz fursatlar qoldi. Odatda yil yakunlab borar ekan, yilning eng yaxşilarini aniqlaş udumi bor. Bu butun dunyoda keng tarqalgan anʼana.

Biz ham @xushnudbek kanali orqali yil yakunlari böyiça jamoatçilik sörovi orqali ayrim xulosalarni çiqarmoqçimiz.

Loyihaga «Soliq tölovçilar eʼtirofi» deb nom berdik. Bu nom bejizga berilmadi, sababi biz sörovnomalar orqali 10 ta nominatsiya böyiça faqat davlat taşkilotlari orasidagi eng yaxşi yoki eng yomonlarni aniqlaymiz. Şuningdek, yil davomida amalga oşirilgan islohotlarga ham baho beriladi.

Sörovnomalar 2 bosqiçda ötkaziladi:

1-bosqiç — 7-14-dekabr kunlari ötkaziladi. Unda alohida postda nominatsiya nomlari eʼlon qilinadi hamda muştariylar mazkur nominatsiya böyiça öz variantlarini izohlarda yozib qoldirişadi.

2- bosqiç — 16-27-dekabr kunlari bölib ötadi. Unda 1-bosqiçda nomi eng köp zikr etilgan davlat taşkilotlari sörovnomaga kiritiladi va muştariylar tomonidan yaşirin ovoz beriş yöli orqali ğoliblar aniqlanadi.

Kamida 30 ming ovoz berilganda sörovnoma haqiqiy deb hisoblanadi.

Bitta davlat taşkiloti faqat bitta nominatsiya böyiça yakuniy sörovnomaga kiritilişi mumkin. Agar bitta davlat taşkiloti 1-bosqiçda turli nominatsiyalar böyiça köp bora nomi zikr etilgan bölsa, bunday holatda izohlar soniga qaraladi hamda eng köp izoh qoldirilgan nominatsiya böyiça sörovnomaga kiritiladi.

Nominatsiya nomlari hamda boşqa qöşimça şartlar haqida kelgusida kanal orqali batafsil maʼlumot berib boriladi.

Umid qilamanki, Siz soliq tölovçi sifatida ötkazilayotgan jamoatçilik sörovida faol iştirok etasiz va davlat taşkilotlarining yutuq va kamçiliklarini eʼtirof etasiz.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

Yana oʻqing