Çilonzor tumani hokimining uyiga öğri tuşdi
Hokimni öğri urdi
Kun.uz naşrining yozişiça, ötgan haftada Çilonzor tumani hokimi Sarvar Maxametovning xonadoniga öğri tuşgan.
Boş prokuraturatura matbuot xizmatining Kun.uz muxbiriga xabar berişiça, mazkur holat yuzasidan Yunusobod tuman IIB FMB tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Ayni vaqtga kelib, öğrilikda gumonlangan 3 kişi qölga olingan va ularga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllangan.
Maʼlumot uçun: JK 169-moddasi 4-qismi «a» bandi, bu - juda köp miqdorda öğrilik qiliş bölib, uşbu jinoyatni sodir etganlar sakkiz yildan ön beş yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.
Juda köp miqdor qança?
Juda köp miqdor deganda eng kam oylik iş haqining beş yuz baravari va undan ortiq bölgan miqdor tuşuniladi. Hozirgi kun bilan hisoblaganda 101 mln sömdan köp bölgan pullar tuşuniladi. Demak, hokimning uyidan kamida 101 mln söm öğrilangan.
Öğrilarku qölga tuşibdi, yaxşi. Ularga qonuniy jazo berilişiga ham işonaman, ajoyib. Lekin bir narsa şunçaki qiziq: tergov davomida hokimdan «şunça pulni qayerdan olgansiz», deb söraşarmikin?
P.S.: Hammamiz yoşligimizda sevib tomoşa qilgan «Avtomobildan saqlaning» filmida Detoçkin maşinasini öğrilagan magazin sotuvçisidan tergovçi xuddi şu savolni söragandi lekin: «Keçirasiz, bu maşinani Siz qaysi pullaringizga olgansiz?» deb. Yaxşi kino şu, menga yoqadi.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ
