Yunusobodning sobiq hokimi işi böyiça rasmiy maʼlumot
Yunusobodning sobiq hokimi yuzasidan ilk marta rasmiy maʼlumot berildi
Yodingizda bölsa, ötgan yili sentabr oyida Toşkent şahrining Yunusobod tumani hokimi Baxtiyor Abdusamatov investorga joy taqdim etiş maqsadida 400 ming AQŞ dollari miqdoridagi pulni pora tariqasida talab qilgani uçun qölga olingani xabar qilingandi.
Ammo uşbu xabarlar faqat OAVlarda tarqaldi xolos, birorta rasmiy manba bu xabarni na inkor qildi, na tasdiqladi. Bugun birinçi marta şu iş yuzasidan rasmiy xabar berildi.
Boş prokuratura matbuot xizmatining Kun.uz naşriga bergan maʼlumotiga köra, Yunusobod tumani sobiq hokimi va boşqa mansabdor şaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi («pora oliş»), 211-moddasi («pora beriş») va 168-moddasi («firibgarlik») moddalari bilan qözğatilgan jinoyat işi yuzasidan hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Bildirilişiça, mazkur jinoyat işi yurituvi ustidan tegişliça nazorat örnatilgan.
Voqealar rivojini kuzatamiz.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ
