Harbiy tavsiyanomalar uçun imtiyozlar bekor qilinişi mumkin
Harbiy tavsiyanomalar uçun imtiyozlarni bekor qiliş rejalaştirilmoqda
«Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlaniş yili» Davlat dasturi loyihasi jamoatçilik muhokamasi uçun eʼlon qilindi:
http://2019.strategy.uz
Unda köp qiziqarli takliflar va rejalar bitilgan.
Masalan, ana şunday takliflardan biri harbiy tavsiyanomaga ega abituriyentlar uçun beriladigan imtiyozlar bilan boğliq.
Davlat dasturi loyihasining 204-bandiga binoan, joriy yilgi test sinovlarida:
- harbiy xizmatni ötagan abituriyentlarga tegişli öquv yili uçun tasdiqlanadigan oliy taʼlim muassasalariga qabul kvotalari doirasida alohida kvotalar ajratiş va test sinovlarini ötkaziş;
- harbiy qism komandirining tavsiyanomasi faqat harbiy oliygohlar uçun imtiyozga ega bölişi nazarda tutiş rejalaştirilmoqda.
Bu nima degani?
Matndan tuşunişimça, quyidagi özgarişlar kutilyapti:
1) harbiylar uçun beriladigan tavsiyanoma faqat harbiy oliygohlar uçun imtiyoz beradi. Qanday imtiyoz berilişi (ball qöşib beradimi yoki imtihonsiz oladimi) hozirça aniq emas;
2) harbiy bölmagan OTMlar uçun endi imtiyozli tavsiyanoma berilmaydi;
3) tavsiyanoma bor yoki yöqligidan qatʼiy nazar, harbiy xizmatga borgan barça (!) abituriyentlar alohida maqomga ega böladi va ular alohida kvota doirasida test topşiradi.
Masalan, qaysidir OTMning bir yönalişiga 10 nafar harbiy xizmatni ötagan talaba qabul qiliş belgilanadi va şu örin uçun harbiy abituriyentlar kuraşadi. Bunda kuraşga qöşiliş uçun maxsus tavsiyanoma şart bölmaydi, xizmatni ötagan bölsa böldi. Natijada ular harbiy xizmatni ötamagan boşqa abituriyentlarga xalaqit bermaydi;
4) Barça OTMlarga ham bunday alohida kvotalar berilmaydi. Aynan qaysi OTMning qaysi yönalişiga harbiy abituriyentlar uçun qöşimça kvota berilişi oldindan tasdiqlanadi. Faqat şu yönalişga topşirganlargina alohida test sinovidan ötişadi.
Masalan, ÖzMUning tarix yönalişiga harbiy xizmatni ötagan abituriyentlar uçun alohida kvota berildi, lekin ÖzMUning matematika yönalişiga berilmadi, deb tasavvur qilaylik. Agar harbiy xizmatni ötagan abituriyent “tarix”ga topşirsa, alohida kvota böyiça kuraşadi. Agar “matematika”ga topşirsa, unda heç qanday imtiyoz va maqomga ega bölmaydi, el qatori testga kiradi.
Eslatib ötaman, yuqoridagi talqin faqat mening tuşunganlarim xolos, aslida boşqaça bölişi ham mumkin.
Harbiy tavsiyanoma asosida imtiyoz beriş adolatsiz tizim ekanligi haqida köp bora yozganman. Masalan, mana bu - https://t.me/xushnudbek/727
Nihoyat özgariş bölayotganidan xursandman. Şunaqa imtiyozlar bekor bölib, adolat tarozisining pallalari tenglaşaversin.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ
