Yöllardagi qoidabuzarliklar va jamoatçilik nazorati
Qoidabuzarlikni tasvirga tuşirib yuboriş mavzusi atrofida doim bahslar böladi. Köpçilik haydovçilar öz manfaatlaridan kelib çiqib, bu işni "sotqinlik", "stukaçlik", "nomardlik" deb ataşadi.
Men esa mutloq boşqa fikrdaman.
Har yili yöllarda minglab insonlar vafot etişadi. Qoidani bir tiyinga ilmaydigan, yölda xuddi moldek maşina haydaydiganlar afsuski köp. Ularning kasriga kimningdir otasi, onasi, farzandi hayotdan köz yumadi (Alloh asrasin barçamizni).
Şu sababli bunday fojialarga qarşi butun jamoatçilik birgalikda kuraşişi kerak. Hamma uyğoq bölişi, heç kim loqayd bölmasligi kerak. Videolarni albatta yuboring, agar pul olişga xijolat bölsangiz, puldan voz keçsangiz ham böladi.
Qoidabuzarlar har qança özgalarni ayblamasin, eng avvalo özlari qoidani buzmasligi kerak, tamom.
Yuqoridagi video 1 hafta oldin olingan. Bolakayni Allohni özi asrabdi. "Stukaçlik" deb oğzidan köpik saçratadiganlarga aytadigan gapim, öşa bolakay örnida sizning farzandingiz ham bölişi mumkin edi. Boşqa gapim yöq.
👉 @xushnudbek 👈



