Qoida buzganlar videosini yuboriş nomardlikmi
Qoida buzganlar videosini yuboriş nomardlikmi?
Özgalarning qoidabuzarligini yuboriş masalasida köpçilik ikki qutbga bölingan. Birinçi tomon, buni sotqinlik, nomardlik va odamgarçilikdan yiroq deb hisoblasa, ikkinçi tomon buni jamoatçilik nazoratining bir böğini sifatida köradi va şu yöl bilan yöllarni tartibga keltiriş mumkin deydi. Men ikkinçi toifadagilardanman.
Ötgan yili yurtimizda 2 ming 262 kişi yöl-transport hodisasi natijasida halok bölgan. Bu qançalar dahşatligini tasavvur qilyapsizmi? Agar şu vafot etganlardan birortasi özimizning yaqin insonimiz bölsa-çi, deb bir on tanamizda his qilib köraylik.
Özgalarni hurmat qilmaydigan, qoidalarga tupurib qöygan, yöllarda katta xolasining uyiday yuradigan madaniyatsiz haydovçilar kam deysizmi? Yoki piyodalar aybi bilan sodir böladigan YTHlar kam emas.
Yöllardagi açinarli ahvolni bartaraf etiş, haydovçilarda oddiy madaniyat uyğotiş vazifasini faqat davlatning zimmasiga taşlab qöyiş notöğri. Bunga har birimiz masʼul bölişimiz kerak. Çunki biz ham yerda, şu yöllarda yuramizku, faqat osmonda uçib yursak ham mayli edi. Istalgan avtohalokat biz bilan sodir bölişi mumkin.
Rivojlangan davlatlarda aynan jamoatçilikning yordami bilan jamiyat tarbiyalangan, madaniyat şakllangan. Masalan, bizda yölda GAI yöqmi, demak menga hamma narsa mumkin, degan tuşunça şakllangan. Lekin ğarb mamlakatlarida atrofda heç kim bölmasa ham, hamma ongli ravişda qoidalarga böysunişini körib, qoyil qolamiz.
Şuning uçun, bizda ham jamoatçilik nazoratini kuçaytirişimiz kerak. Bepisandlik bilan qizilda ötadigan, yöllarda avariya holatini yuzaga keltiradigan va boşqa qoidalarni qöpol buzgan şaxslar haqida ikkilanmasdan xabar beriş kerak. Toki öşa qoidabuzar kimnidir bosib ketişini kutiş şartmas... Ehtiyotsizlik oqibatida, vaziyatdan kelib çiqib yengilroq sodir etilgan bölsa, vaziyatga qaraş va xolis baholaş kerak.
Xabar berganlarni esa nomardlikda ayblaşni yöqotsak yaxşi bölardi. Eng avvalo haydovçining özi qoidani buzmasin, tamom, heç qanaqa muammo, video, jarima degan narsalar bölmaydi. Yuzxotirçilik qilib, har yili 2 ming yurtdoşimizdan ayrilib qolgandan köra, bezbetlik qilib, vaziyatni önglagan ming marta yaxşi!
👉 @xushnudbek 👈
