Şavkat Mirziyoyev bir qator rektorlar işdan olinişini aytdi
«Yaqinda yana köplab rektorlarni işdan olamiz» – Şavkat Mirziyoyev
Yaqin orada Özbekistondagi bir qator oliy öquv yurtlari rektorlari işdan olinişi mumkin. Bu haqda prezident Şavkat Mirziyoyev ziyolilar bilan uçraşuvda aytib ötdi.
«Yaqinda köp rektorlar işdan olinadi. Mening stolimda turgan maʼlumotlarga köra, bu rektorlar bilimi, saviyasi va vatanparvarlik darajasi bilan rektor böliş u yoqda tursin, hatto qorovul bölişga arzimaydi», – degan prezidentning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Prezidentning fikriça, bank sohasi mutaxassislari malakasining pastligi Toşkent moliya instituti va Toşkent davlat iqtisodiyot universitetida ilmiy salohiyatning yetişmasligi bilan boğliq.
«Men nega banklarimizni çet elliklarga bermayapman? Nega ularning banklarini kiritişga şoşilmayapman? Çunki ular hozir kirib keladigan bölsa, bizning banklar mijozsiz qoladi», – dedi davlat rahbari.
Şu bilan birga, taʼkidlanişiça, rektorlar va boşqa universitet xodimlarini qamoqqa oliş bilan korrupsiyani butunlay yöq qilişga erişib bölmaydi.
«Biz eng avvalo atrof-muhitni özgartirişimiz kerak. Öqituvçilar yoş, raqobatbardoş talabalarga bilim bera olmasligidan uyalişlari kerak. Bu gaplardan har bitta universitet rahbari xulosa çiqarişi kerak.
Bizga şu yurtni biladigan, sevadigan, sadoqatli va halol kadrlar kerak», – deb taʼkidladi Şavkat Mirziyoyev.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1
