TIV Qozoğistondagi Özbekiston fuqarolariga murojaat qildi

Matn6-yanvar, 2022, 12:301 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi rasmiy vakilining axboroti

Özbekiston Respublikasining Qozoğistondagi Elçixonasi va Boş konsulxonalari uşbu mamlakat hududidagi Özbekiston fuqarolari, şu jumladan talabalar bilan doimiy aloqada bölib turibdi.

Özbekistonning Qozoğistondagi diplomatik vakolatxonalari odatdagi tartibda faoliyat yuritmoqda. Zarur holatlarda Özbekiston fuqarolariga huquqiy yordam körsatilmoqda.

Şu bilan birga, Qozoğistonning ayrim hududlarida favqulodda holat eʼlon qilinişi munosabati bilan mazkur mamlakatda bölib turgan Özbekiston fuqarolaridan joriy etilgan vaqtinçalik çeklovlarga rioya qilişlarini söraymiz.

Zarurat tuğilganda, hamyurtlarimiz istalgan vaqtda Özbekiston Respublikasining Nur-Sulton (telefon: +77710203673), Olma-ota (telefon: +77779504433) va Aqtau (telefon: +77775990051) şaharlaridagi diplomatik vakolatxonalariga murojaat qilişlari mumkin.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 974
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek