Özbekistonlik ziyoratçilar Masjid ul-Haramda
Har safar namozdan oldin «Alloh rizoligi uçun qibla tomonga yuzlanib» deb niyat qilinadi.
Bu ne baxtki, siz yuzlanmoqçi bölgan 🕋 Qibla (Kaʼba) şundoq köz oldingizda tursa… Allohga şukr!
Foto: özbekistonlik ziyoratçilar Masjid ul-Haramning 1-qavatida bomdod namozini öqişmoqda. 08.03.2022.
✅ Şunçaki maʼlumot uçun:
Umra safariga ruxsat olingandan söng, bir yarim oy içida 16 mingdan ortiq özbekistonlik ziyoratçi Umraga keldi. Har kuni (!) 470 nafar yurtdoşlarimiz Umra ziyoratiga yuborilmoqda. Bu degani bir paytda salkam 5 ming Özbekiston fuqarosi Saudiya Arabistonida bölib turibdi. Şu sababli Makka va Madina şaharlarining har qadamida Vatandoşlarimizni uçratişingiz mumkin.
Körib köz quvnaydi. Bardavom bölsin, ilohim.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 4095

