Bolalarni 2 yoşdan boğçaga qabul qilişga ruxsat berildi

Matn11-mart, 2022, 12:321 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Bolalarni 2 yoşdan boğçaga qabul qilişga ruxsat berildi

Özbekistonda 1-apreldan boşlab töliq quvvat bilan işlamayotgan davlat maktabgaça taʼlim taşkilotlariga 2 yoşdan 3 yoşgaça bölgan bolalarni pullik xizmat körsatiş şaklida qabul qilişga ruxsat berildi, deya xabar bermoqda Maktabgaça taʼlim vazirligi (asos).

Taʼkidlanişiça, davlat boğçalaridagi qöşimça pullik xizmatlar va ularning narxi muassasa kuzatuv kengaşi yiğilişida muhokama qilinib, söng tuman (şahar) maktabgaça taʼlim bölinmasi bilan kelişilgan holda boğça direktori tomonidan tasdiqlanadi.

Prezident Şavkat Mirziyoyev fevralda Qoraqalpoğistonga qilgan safari çoğida uşbu masalaga töxtalib ötgandi. «Boğçalarga bolalarni 2 yoşdan qabul qiliş böyiça mening ham niyatim bor. Ammo hali ozroq vaqt bor. Iqtisodiyotimizni salgina mustahkamlab olaylik, keyin bu işni amalga oşiramiz», — degandi davlat rahbari.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 1200
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek