Ikki va undan ortiq talabasi bor oilalarga taʼlim krediti
Ikki va undan ortiq farzandlari kontraktda öqiyotgan oilalarga imtiyozli taʼlim kreditlari beriş tartibi joriy etilişi kutilmoqda
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylangan Hukumat qarori loyihasiga köra joriy öquv yilidan boşlab oliy taʼlim muassasalarida bir vaqtning özida ikki va undan ortiq farzandlari tölov-şartnoma asosida öqiyotgan oilalarga imtiyozli taʼlim kreditlari beriş tartibi joriy etilişi mumkin.
Loyihaga köra, taʼlim kreditlari respublikada faoliyat körsatayotgan barça oliy taʼlim muassasalari — davlat, nodavlat, qöşma taʼlim dasturlari va xorijiy davlatlar oliy taʼlim muassasalari filiallarida tölov-şartnoma asosida tahsil olayotgan Özbekiston fuqarolariga, ularning ota-onalari yoki vasiylariga beriladi.
Kredit foizlari kredit ajratilgandan söng keyingi oyning 1 sanasidan boşlab oyma-oy tölanadi, asosiy qarz esa talabaning öqişi rasman tugagaç, uç oy ötgandan keyin tölaş boşlanadi.
Taʼlim krediti, öqiş davrini hisobga olgan holda:
- bakalavr uçun 15 yil;
- magistr uçun 10 yilgaça bölgan muddatga beriladi.
Talaba muddatli harbiy xizmatni ötayotgan davrda taʼlim kreditlari uçun bank foizi stavkalari hisoblanmaydi.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1

