Abituriyentlar uçun beşta yönalişni tanlaş tartibi
❗️Beşta yönalişni tanlaş jarayoniga oid ayrim maʼlumotlar
#abituriyent
5️⃣ Joriy yilgi test sinovlarida ham beştagaça taʼlim yönalişini tanlaş imkoniyati mavjud;
✅ 5ta yönaliş degani, 5ta OTM degani emas. Yaʼni abituriyent albatta 5ta universitet yoki institutni tanlaşi şart emas. Bitta OTMning 5ta yönalişini tanlaş ham mumkin;
❗️5ta yönaliş tanlayotganda eng asosiy 1 ta şart bor: mutaxassislik blokidagi fanlar ketma-ketligi mos kelişi kerak.
❓fanlar ketma-ketligi mos bölsin deganda, 3,1 va 2,1 ball beriladigan 2 ta fan töğri ketma-ketlikda joylaşişi kerak.
‼️ Joriy yildan taʼlim şakli bir xil bölişi şart emas. Yaʼni endi bir paytning özida ham sirtqi, ham kunduzgi, ham keçki, ham masofaviy taʼlimni tanlaş mumkin.
⛔️ Ijodiy (kasbiy) imtihon topşiriladigan yönalişlarda faqat bitta yönaliş tanlaş mumkin, 5tagaça yönaliş tanlab bölmaydi. Bu çeklov ham ijodiy, ham test topşiriladigan yönalişlarga ham taalluqli;
🎓 Magistraturada ham faqat 1 ta mutaxassislik tanlaş mumkin;
✅ 5ta yönalişlarni tanlayotganingizda ahamiyatliroq böling. Çunki tanlangan birinçi yönaliş ustunlikka ega. Yaʼni siz javoblar çiqqandan keyin balim yetgan istalgan yönalişni özim tanlayman, deb xato öylamang. Mandatdan keyin qayerda öqişni tanlay olmaysiz, buni hujjat topşirayotganda yaxşilab öylang. Siz tanlagan ketma-ketlik böyiça tizimning özi qayerga kirganingizni avtomat çiqarib beradi. Javoblar çiqqaç, “men ikkinçi yönalişda emas, törtinçisida öqimoqçiman” deya olmaysiz.
‼️‼️‼️
Iltimos, 5 ta yönaliş tanlayotganda öz imkoniyatlaringizni yaxşilab hisobga oling, öqişga şaroitingiz bor joyni tanlang. “Keyingi yil perevod qivolaman” degan maqsadda, garçi şaroitingiz bölmasa ham, uzoq viloyatlarni tanlamang. Çunki deyarli perevod qilolmaysiz, bu aniq. Farğonalik bölsangizu, lekin Surxondaryoda öqişga imkoniyatingiz bölmasa, unda tavakkal qilmang. Keyin qiynalib, özgalardan norozi bölib yurgandan foyda yöq.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 2698



