Xalqaro imtihon xarajatlarini qoplaş tartibi tasdiqlandi
Xalqaro imtihon tizimlarida yuqori ball töplagan yoşlarga xarajatlari töliq qoplab beriladi
Bu haqda Hukumatning tegişli qarori (209-son, 13.04.2021-yil) qabul qilindi, deya ÖzA xabar bermoqda.
Xarajatlarni qoplaşni sörab, imtihon topşiriş paytida 31 yoşga tölmagan Özbekiston fuqarolari va Özbekistonda doimiy yaşovçi fuqaroligi bölmagan şaxslar Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona portal orqali murojaat qilişlari mumkin böladi.
Maxsus sertifikatning haqiqiyligi tasdiqlangandan söng Yoşlar işlari agentligi tomonidan kompensatsiya mablağlari Xalq bankining hisobvarağiga ötkaziladi va ariza beruvçiga SMS xabar yuboriladi. Kompensatsiyani Xalq banki filialidan naqd yoki naqd pulsiz şaklda oliş mumkin.
5 ta xalqaro imtihon tizimi (IELTS, TOEFL, GMAT, GRE, SAT) böyiça kompensatsiyalar 2021-yil 1-maydan boşlab tölanadi, yana 13 ta imtihon tizimi böyiça xarajatlar 2022-yil 1-yanvardan qoplanişni boşlaydi.
Xalqaro imtihon tizimlarining röyxati va minimal ball (daraja) miqdori yuqoridagi ilovada berilgan.
👉 @xushnudbek 👈

