Xalqaro imtihon xarajatlarini qoplash xizmati ishga tushdi

Matn18-may, 2021, 16:021 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Xalqaro imtihon tizimlarida yuqori ball töplagan yoşlarga xarajatlarni qoplab beriş böyiça davlat xizmati işga tuşirildi

Hozirda imtihon topşiriş xarajati kompensatsiya qilinadigan xalqaro imtihon tizimlari röyxatiga GMAT, IELTS, TOEFL, GRE, SAT kabi imtihonlar kiritilgan.

CAE, DAF, JLPT, HSK va boşqalar böyiça xarajatlar 2022-yil 1-yanvardan boşlab kompensatsiya qilinadi.

❗️Ariza beruvçi imtihon topşiriş vaqtida 31 yoşga tölmagan Özbekiston fuqarosi yoki fuqaroligi bölmagan şaxs bölişi mumkin.

Uşbu davlat xizmati uçun Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilinişi kerak.

Onlayn ariza yuboriş uçun havola:
https://my.gov.uz/uz/service/413

Hozirgaça jami 221 ta ariza kelib tuşgan.

✅ Imtihon topşiriş xarajati quyidagi talablarga javob berganda kompensatsiya qilinadi:

➖ kamida belgilangan yuqori ball (daraja) qayd etilganda. Yuqori darajalar röyxati bilan mana bu yerda tanişişingiz mumkin;

➖ maxsus sertifikat berilgan sanadan boşlab 180 kalendar kun ötmasdan murojaat qilganda;

➖ maxsus sertifikatda körsatilgan imtihon natijasining haqiqiyligi va töğriligi Yoşlar işlari agentligi tomonidan tasdiqlanganda.

✅ SMS-xabar orqali ijobiy javob olganidan söng, ariza beruvçi kompensatsiyani oliş uçun Xalq bankining özi tanlagan filialiga murojaat etişi kerak.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek