Toşkentda jamoat transporti tizimini takomillaştiriş zarur

Foto18-may, 2021, 12:131 daqiqa0 koʻrish

Manba:davletovuz

Metroning vaqtini qisqartiriş, avtobuslar yönalişini yopiş, borini ham optimallaştiriş oqibatda boşqa muammolarni yarataveradi. Yöllarni kengaytirgan, yangi yöllar, köprik va yöl ötkazgiçlar qurgan bilan tirbandliklar kamayib qolmaydi, şahar borgan sari odamlar uçun noqulay bölib boradi. Avariyalar har kuni önlab insonlar hayotiga zomin bölayotgani, ekologik muammolar haqida gapirmasa ham böladi.

Jamoat transporti dunyoning aksariyat mamlakatlarida zarar körib işlaydi, şuning uçun davlat uni doimiy ravişda subsidiyalaştirib boradi. Sababi jamoat transporti daromad keltiradigan soha emas.

Jamoat transportini kundan-kunga zaiflaştirib, şaharda milliard dollarlik megaproyektlarni amalga oşirgandan köra mavjud tizimni takomillaştiriş, aqlli va ekologik toza jamoat transporti tizimini yölga qöyiş arzon va Toşkent kelajagi uçun töğri qaror böladi. Bunga hali ham keç emas.

IMHO.

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

  1. Toşkent metrosining iş vaqti qisqardi

    01 daqiqa

  2. Dinozavrlar olamiga sayohat

    04 daqiqa

  3. Hammaga birdek yoqişning iloji yöq

    01 daqiqa

Yana oʻqing