Şahar odamlar uçun bölişi kerak
Xushnudbek.uzMatn2 daqiqa0tahrirlanganManba:davletovuz
Şahar odamlar uçun bölişi kerak
"Toşşahartransxizmat"ning iddao qilişiça, "poytaxtimiz köçalarida yengil avtomobillar hamda yönalişsiz taksilar sonining köpayişi tirbandliklarni kelib çiqardi. Bu esa öz navbatida avtobus va yönalişli taksilar oraliq vaqtining oşişiga olib keldi.
Öquv mavsumining birinçi kunida yönalişsiz taksi xizmatlariga bölgan katta talabdan ayrim haydovçilar köproq foyda olaman deb sunʼiy ravişda yönalişsiz taksi xizmatlari narxini keskin oşirib yuborgan va aholining haqli eʼtirozlariga sabab bölgan".
P.S.: jamoat transportini nafaqat rivojlantirmasdan, balki yillar davomida borini ham abgor qilib, yölovçilar uçun noqulay tizimga aylantirib, mayli, eski davrni ayblaşning mavridi tugagandan söng yangi aybdor — taksistlarni ayblaşga ötişibdi. Bu bezbetlikning yangi bosqiçi bölsa kerak.
Albatta, Toşkentşahartransxizmat hozirgi holatida heç qaçon poytaxt transport tizimini özgartirmaydi, yangilamaydi. Bu özimizni özimiz aldaş bilan boğliqdek. Bu kompaniya buguni bilan yaşaydi. Bu gapni keça öqiş boşlangan payt boşqaruvni eplolmay qolgan metro uçun ham aytsa böladi.
Jamoat transportining egasi şaharliklar, şahar deputatlari va şahar hokimligi bölişi kerak. Toşkentga genplan kerak, Toşkent jamoat transportiga strategiya kerak. 50 ta avtobus sotib olgan bilan bu tizim isloh bölib qolmaydi. Şahar jamoat transportiga xususiy sektor prizmasida qaraydigan hokim ham buni tuşunmaydi. Haftada heç qursa bir kun jamoat transportida yurmaydigan hokim ham, vazir ham buni tuşunmaydi. Töliq tonirovka qilingan, sovutkiçi töxtovsiz işlaydigan maşinada yuradigan, muzdekkina kabinetidan, muzdekkina maşinasidan qaraydigan hokim ham, vazir ham taşqaridagi vaziyatni boşqaça köradi.
Şahar jamoat transport tizimini rivojlantirmas ekanmiz, yaqin kelajakda hokimlarning maşinalari ham tirbandlikda qoladi (balki öşanda tipirçilab qolişar), aholi uçun böş maydonlar esa umuman tugaydi, kvartallar, mahallalarda bugun allaqaçon buning oqibatlarini körayapmiz. Jamoat transportini rivojlantiriş uçun esa velosipedni qayta kaşf qiliş kerak emas. Yuzlab şaharlar allaqaçon muvaffaqiyatli amaliyotga, tajribaga ega, xolos. Buning uçun ozgina siyosiy xohiş, aqlli rejalaştiriş bölsa, bas.
Quyidagi rasm şahar odamlar uçun qançalik torayib borayotganini yaqqol körsatadi.
- 👍 2




