Xorijda öqiş imkoniyatlari böyiça oçiq muloqot ötkaziladi
Çet elda bakalavriat, magistratura va doktoranturada öqiş imkoniyatini qölga kiritişga ariza topşiriş uçun juda qisqa muddat qoldi. Şu sababli, bugun, 14-aprel kuni 15:00 dagi oçiq muloqotni ötkazib yubormang!
"El-yurt umidi" jamğarmasi 2021-2022 öquv yili uçun xorijiy davlatlarda öqiş uçun 350 öringa möljallangan oçiq stipendiya tanlovini eʼlon qilgan edi:
✅ bakalavriat taʼlim dasturi uçun 100 nafar,
✅ magistratura taʼlim dasturi uçun 150 nafar,
✅ doktorantura taʼlim dasturi uçun 100 nafar.
Hujjat topşiriş muddati 1-maygaça bölgani uçun, bitiruvçilar va soha xodimlariga qöşimça imkoniyat beriş maqsadida Xalq taʼlimi vazirligining feysbukdagi rasmiy sahifasi orqali oçiq muloqot taşkil etilmoqda.
Unda çet elning nufuzli universitetlarida öqib kelib, Xalq taʼlimi tizimida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar öz tajribalari bilan örtoqlaşişadi.
Xorijga öqişga ketmoqçi bölganlarga körişni tavsiya qilaman.
👉 @xushnudbek 👈
