Hududlarda Zakovat intellektual kasting va turnirlari ötadi

Matn25-fevral, 2021, 10:382 daqiqa0 koʻrish

❗️Har bir hududlarda intellektual kasting va turnirlar ötkaziladi.

✅ Toşkent şahri hamda Toşkent viloyati uçun intellektual kasting 28-fevral kuni «Humo Arena» saroyida bölib ötadi

Avvalroq xabar berganimizdek, «Zakovat» intellektual klubiga aʼzo böliş istagida www.zakovat.tv sayti orqali 13 mingdan ortiq arizalar kelib tuşdi. Şundan 11 111 nafar talabgor yakka tartibda ariza topşirgan bölsa, 1 932 kişi 322 ta jamoaga birlaşgan holda röyxatdan ötdi.

Hududiy turnirlar haqida

Talabgorlarning 72 foizi Qoraqalpoğiston Respublikasi hamda viloyatlardan röyxatdan ötganligini hisobga olib, hududiy turnirlar taşkil etişga qaror qilindi. Şu orqali minglab insonlarni uzoq masofalardan Toşkent şahriga kelib-ketişidagi ovogarçilikning oldi olinadi, degan umiddamiz.

Tenglik bölişi uçun hududiy turnirlarda ham xuddi Toşkentdagidek ğolib jamoaga 100 mln söm pul mukofoti beriladi. Asosiy şartlaridan biri, bitta jamoa yoki şaxs faqat bitta hududiy turnirda qatnaşa oladi. Masalan, Toşkent mintaqasida iştirok etgan jamoa (şaxs) boşqa hududlardagi turnirlarga qöyilmaydi.

Hududiy turnirlar ötkaziliş jadvali

Hududiy turnirlarni taxminan quyidagi muddatlarda ötkaziş rejalaştirilmoqda:

Samarqand viloyati – mart oyida;
Qaşqadaryo, Surxondaryo va Navoiy viloyatlari – aprel oyida;
Qoraqalpoğiston Respublikasi, Buxoro va Xorazm viloyatlari – may oyida;
Andijon, Namangan va Farğona viloyatlari – iyun oyida;
Sirdaryo va Jizzax viloyatlari – iyul oyida.

Toşkent mintaqasi uçun intellektual kasting

Toşkent şahri hamda Toşkent viloyati uçun intellektual kasting 28-fevral kuni soat 17:00-da «Humo Arena» saroyida bölib ötadi. Saroyga kiriş 15:00-dan boşlanadi.

Bunda röyxatdan ötiş jarayonida yaşaş joyi sifatida ikkita hududdan birini – Toşkent şahri hamda Toşkent viloyatini tanlagan iştirokçilarning telefon raqamiga SMS tarzda tadbir uçun elektron taklifnoma yuboriladi. Şuningdek, www.zakovat.tv sayti orqali ham tegişli şaxsiy maʼlumotlarini kiritgan holda elektron taklifnomani yuklab oliş imkoni yaratiladi.

Intellektual kasting faqat yakka tartibda röyxatdan ötganlar uçun ötkaziladi. Jamoa bölib röyxatdan ötganlar kastingdan ötmaydi, ammo ular öşa kuni mehmon sifatida iştirok etişlari mumkin.

Batafsil maʼlumotlar bilan @zakovat kanalida tanişişingiz mumkin.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek