Noqonuniy boyigan davlat xizmatçilariga jazo belgilanmoqda
Noqonuniy boyigan davlat xizmatçisiga jazo
Yangi tahrirdagi Jinoyat kodeksi loyihasida noqonuniy boyiganlik uçun jinoiy javobgarlik belgilaş taklif qilinmoqda.
Unga köra, davlat xizmatçisining daromad va mol-mulk deklaratsiyasida nazarda tutilganidan ortiq pul mablağlari yoki mol-mulkka noqonuniy ega bölişi yoki şunday mulkni orttirişi ança miqdorda sodir etilgan bölsa, –
bazaviy hisoblaş miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigaça jarima yoki uç yilgaça iş haqidan uşlab qoliş bilan jazolanadi.
Bu nima degani?
Yaqin yillarda davlat xizmatçilari mol-mulkini deklaratsiya qilişiga oid tartib joriy etilişi kutilmoqda. Agar şunday bölgan taqdirda, qaysidir davlat xizmatçisi deklaratsiyada körsatgan mulkidan köproq mulkka noqonuniy ega bölgan bölsa, unda unga yuqoridagi jazolar qöllanişi mumkin.
Ammo bu yerda miqdor ham muhim. Yaʼni farq ança miqdorda bölişi kerak. Ança miqdor - 24,5 mln sömdan boşlanadi. Demak, deklaratsiyadagi farq 24,5 mln sömdan kam bölsa, unda jinoiy javobgarlik yuzaga kelmaydi.
Yangi tahrirdagi kodeks loyihasi mana bu yerda muhokama qilinmoqda:
https://regulation.gov.uz/uz/d/29646
👉 @xushnudbek 👈
