Zargarlik sanoatini rivojlantiriş çoralari belgilandi

Matn24-fevral, 2021, 14:292 daqiqa0 koʻrish

Zargarlik sanoatiga oid qaror: soliq va bojxona imtiyozlari, imtiyozli mikrokreditlar va boşqa özgarişlar haqida

«Zargarlik sanoatini yanada rivojlantiriş uçun qulay şart-şaroitlar yaratiş çora-tadbirlari töğrisida»gi Prezident qarori imzolandi. Qarorning töliq matni ÖzAda eʼlon qilindi.

Qarorga köra:

👉 2023-yil 1-martga qadar zargarlik buyumlarini işlab çiqaruvçilarga qimmatbaho metallarni töğridan-töğri şartnoma asosida yoki keçiktirib tölaş şarti bilan sotiş tartibi joriy qilindi.

👉 marvarid, olmos va qimmatbaho toşlarga import bojxona bojlari solinmaydi;

👉 2021-yil 1-apreldan boşlab:

➖ qimmatbaho metallardan va qimmatbaho (yarim qimmatbaho) toşlardan yasalgan zargarlik buyumlarini içki va taşqi bozorlarda elektron tijorat orqali sotişga ruxsat beriladi;

➖quyidagi hollarda mijozni, uning vakilini va benefitsiar mulkdorni tekşiriş (ulardan şaxsini tasdiqlovçi hujjat, davlat röyxatidan ötkazilganligi töğrisidagi guvohnoma, taʼsis hujjatlari va boşqa maʼlumotlarni sörab oliş) talab etilmaydi:

- naqd pulda özaro hisob-kitob amalga oşirilganda operatsiyaning umumiy summasi bazaviy hisoblaş miqdorining 600 baravaridan (147 mln söm) oşmagan taqdirda;

- operatsiyaning umumiy summasidan qatʼi nazar, özaro hisob-kitob naqd pulsiz va jismoniy şaxslarning plastik kartalari orqali amalga oşirilganda.

👉 Zargarlik buyumlarini işlab çiqaruvçilarga işlab çiqariş ehtiyojlari uçun asbob-uskuna, ehtiyot qismlari va xom aşyo xarid qiliş, aylanma mablağlarini töldiriş maqsadida 300 million sömgaça bölgan miqdorda 3 yil muddatga, 6 oygaça imtiyozli davr bilan mikrokreditlar ajratiladi;

👉 Quyidagi soliq imtiyozlari beriladi:

➖ qimmatbaho metallarni işlab çiqarişda hosil böladigan parçalarni va çiqindilarni, qimmatbaho metallarning ölçov plastinalari va granulalari, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toşlar, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toşlardan yasalgan yarim tayyor mahsulotlarni realizatsiya qiliş böyiça aylanma qöşilgan qiymat soliğidan ozod etiladi;

➖ 2023-yil 1-martga qadar “Özbekzargarsanoati” uyuşmasiga aʼzo bölgan zargarlik buyumlarini işlab çiqaruvçi yakka tartibdagi tadbirkorlarga “Hunarmand” uyuşmasi aʼzolari uçun berilgan soliq imtiyozlari tatbiq etiladi.

👉 2023-yil 1-yanvarga qadar zargarlik buyumlari işlab çiqaruvçilarning xalqaro körgazmalarda iştirok etiş bilan boğliq xarajatlarining 50 foizi Tadbirkorlik faoliyatini qöllab-quvvatlaş davlat jamğarmasi tomonidan kompensatsiya qilinadi.

Qarorning töliq matni:
http://uza.uz/posts/244070

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek