Özini özi band qilganlar daromad soliğidan ozod etiladi
Xushnudbek.uzMatn1 daqiqa0tahrirlangan⚡️Özini özi band qilgan aholi daromad soliğidan ozod qilinadi
Şavkat Mirziyoyev raisligida 19-may kuni tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan qöşimça çora-tadbirlar böyiça videoselektor yiğilişi ötkazildi.
Özini özi band qilayotgan, qölida kasb-hunari bor odamlarga munosib şaroit yaratiş maqsadida yangi tizim joriy etilişi belgilandi. Yaʼni, sartaroş, etikdöz, novvoy, temirçi, duradgor, tikuvçi, taksist, tarjimon, dizayner, kompyuter dasturçisi kabi özini özi band qilgan 60 dan ziyod kasb egalari daromad soliğidan ozod qilinadi.
Mazkur imtiyozdan foydalaniş uçun telefon orqali soliq idoralarini xabardor qiliş kifoya. Ilğor xorijiy tajriba asosida bunday fuqarolarni röyxatga oliş va hisobini yuritiş böyiça mobil ilova işlab çiqiladi.
Maʼlumki, yil boşida xususiy notariuslikka ruxsat berilgani natijasida 617 ta davlat notariusi xususiy böldi va byudjetdan berilayotgan 200 milliard söm iqtisod qilindi.
Xuddi şuningdek, hozirgi kunda davlat idoralari körsatayotgan kadastr hujjatlarini tayyorlaş, yer ajratişda toposuratga oliş kabi xizmatlarni xususiy sektorga ötkazilsa, minglab yangi iş örinlari yaratiladi.
Tegişli taşkilotlarga xususiy sektorga ötkaziş mumkin bölgan davlat xizmatlari röyxatini şakllantiriş yuzasidan topşiriqlar berildi.
👉 @xushnudbek 👈
