Abituriyentlardan test uçun tölov olmaslik taklif etildi
Taklif: joriy yilda abituriyentlardan tölov olmaslik kerak
Pandemiya şaroitida juda köp sohalarda moliyaviy yengilliklar berilmoqda. Sababi oddiy - xalqning daromadlari keskin kamaydi, ayrimlarniki butunlay yöqoldi, desak ham böladi. Bunaqa vaziyatda davlat turli moliyaviy kömak dasturlarini amalga oşirmoqda.
Xabaringiz bor, ötgan yilidan boşlab avvalgi yillarda tugatgan abituriyentlardan test sinovlarida iştirok etişi uçun yarim "minimalka" miqdorida (101 ming söm) tölov undiriş yölga qöyilgan edi. Ötgan yili uşbu tizim orqali abituriyentlardan 70 mlrd sömdan köproq mablağ tuşgani xabar qilingan edi.
Joriy yilda bu tölov 111,5 ming söm böladi. Taxminan 700 ming atrofida "eski abituriyentlar" hujjat topşirişi kutilmoqda.
Biroq aholining iqtisodiy holatini eʼtiborga olib, joriy yilda test sinovlari uçun heç qaysi abituriyentlardan tölov olmaslikni taklif qilaman.
Xuddi 2019-yilgaça bölgani kabi, testlarda qatnaşiş bepul bölişi kerak va kiriş sinovlari bilan boğliq barça xarajatlar davlat byudjetidan qoplanişi lozim. Yöqsa, hozirgi murakkab şaroitda mana şu 111 ming sömni ham topa olmasdan, köpçilik yoşlar öqişga hujjat topşiriş fikridan qaytişi mumkin.
Vazirlar Mahkamasi uşbu taklifni tegişli tartibda körib çiqib, imkon qadar abituriyentlar uçun foydali qaror qabul qilişadi, degan umiddaman.
👉 @xushnudbek 👈
