Tadbirkorlar uçun litsenziya oliş tartibi soddalaştiriladi
Tadbirkorlarning litsenziya oliş faoliyati soddalaştiriladi
Şavkat Mirziyoyev 17-fevral kuni tadbirkorlik faoliyatida litsenziyalaş va ruxsatnomalar beriş tartibini tubdan takomillaştiriş böyiça ustuvor vazifalarga bağişlangan yiğiliş ötkazdi.
Yiğilişda davlat rahbari bu böyiça asosiy yönalişlarni belgilab berdi.
Binobarin, avvalo inson soğligiga va jamiyatga ziyon yetkazmaydigan faoliyat turlari litsenziyalaşdan çiqarib taşlanişi lozimligi taʼkidlandi.
Masalan, öquv markazlaridagi öqitiş jarayoni fuqarolarning hayoti va soğligiga ziyon yetkazmasa-da, litsenziyalanadi.
Ayni paytda, ayrim litsenziya şartlari sohada raqobatni ham çeklamoqda.
Xususan, kredit tarixi töğrisidagi maʼlumotlarni tarqatiş bilan yagona kredit byurosi şuğullanib, bozorga boşqa tadbirkorlar kirişiga deyarli imkon yöq. Kredit byurosini oçiş uçun kamida 10 ta tijorat bankining roziligini oliş talab etiladi. Mavjud 30 ta bankdan 26 tasi uşbu yagona kredit byurosining muassisi hisoblanib, qolgan 4 ta bank yangi byuro taşkil etişga rozilik bergan taqdirda ham taşabbuskor litsenziya ololmaydi.
Şu bilan bir qatorda, tadbirkorlik faoliyatini tartibga solişning muqobil usullarini keng joriy etiş lozimligi qayd etildi.
Xorijiy tajribada litsenziyalaş örniga xabardor qiliş, majburiyatni suğurtalaş, özini-özi boşqariş, texnik tartibga soliş kabi muqobil usullar mavjud. Misol uçun, turar joy obyektlarini noturar sifatida qayd etiş uçun tadbirkor alohida ruxsatnoma olişi kerak. Vaholanki, buning uçun davlat idoralari xabardor qilinsa kifoya bölişi mumkin.
Xuddi şunday, rieltorlik, auditorlik, sud boşqaruvçiligi kabi faoliyat turlari bilan şuğullanuvçilarning javobgarligini suğurtalaş yoki öz-özini boşqariş tizimlariga ötkaziş mumkin.
Undan taşqari, baʼzi holatlarda tadbirkor litsenziya oliş uçun uzoq vaqt davomida sarson bölib, kerakli hujjatlarni töplab topşiradi, biroq arzimagan sabablar bilan uning arizasi qaytariladi.
Litsenziyalarning 79 foizi, ruxsat beruvçi hujjatlarning 80 foizi hanuzgaça qoğoz şaklida berilmoqda. “Litsenziya” axborot tizimlari kompleksi 2014-yilda taşkil etilganiga qaramay, bugungi kunda bu portal deyarli faoliyat yuritmayapti. Ötgan yili 4 mingdan ortiq litsenziya “bir darça” tamoyiliga rioya qilinmasdan berilgan.
Yiğilişda Prezident Şavkat Mirziyoyev litsenziyalaş jarayonlariga zamonaviy texnologiyalarni töliq joriy qiliş zarurligini qayd etdi.
👉 @xushnudbek 👈


