OAV erkinligi va MTRK byudjeti haqida mulohazalar
Ikkitasi birda
Bugun bir-biriga yaqin ikkita xabar öqib qoldim, ularni Sizlarga ham ulaşmoqçiman:
1️⃣ OAV degani — faqat MTRK emas!
Özbekiston milliy teleradiokompaniyasiga 2020-yilda davlat byudjetidan (sizu bizning rizqimiz hisobidan) 420 milliard sömdan köproq mablağ ajratilibdi!
Qoyil! Lekin... şu vaqtgaça ajratilgan budjet mablağlari özini qay darajada oqladi? Jumboq emasmi? Eski parlament aʼzolarini nahot şu savollar qiynamadi? OAV degani faqat MTRK va bir neçta axborot agentliklari emas-ku! Unda bosma naşrlar maqomi qayerda qoladi?
Taklifim, MTRK va öşa agentliklar ham nodavlat televideniyelar va gazetayu jurnallarga öxşab, jillaqursa, bir yilgina özini-özi mablağ bilan taʼminlab faoliyat körsatsin-çi, şunda qoyil qolamiz!
Norqobil JALILOV,
«XXI-asr» gazetasi boş muharriri.
@platformauzb
2️⃣ “Törtinçi hokimiyat” illyuziyasi haqida
Ötgan asrda kommunistik makonda diktatorlik va avtoritar usulda hokimiyat boşqarilgan önlab mamlakatlarning nomida “demokratik”, “xalq” sözlarini qöllaş urf bölgan. GDR, KXDR, XXR va hokazo. Şu yöl bilan yöq narsaga — xalq hokimiyatiga, demokratiyaga urğu berilgan. Yaʼniki qayerda demokratiya, xalq hokimiyati bölmasa, öşa yerda şu qadriyatlarning imitatsiyasi kuçaygan. Söz erkinligi bor mamlakatlarda ham törtinçi hokimiyat degan tuşunça yöq. Söz erkinligi bilan muammo bor joylarda esa “törtinçi hokimiyat” eng köp tilga olinadigan aldamçi tuşunçalardan biridir.
Garçi bizga “törtinçi hokimiyat” atamasa yoqmasa-da, lekin qaçon bunday maqomga erişiş mumkinligi haqida ikki oğiz. Törtinçi hokimiyat amalda bölişi uçun, avvalo, hokimiyatning asosiy uçta rasmiy tarmoği — ijro, parlament va sud hokimiyati töla mustaqil bölişi, kuçli bölişi va bir-birini tiyib tura olişi kerak.
Ijro hokimiyati kuçli bölsa-yu, parlament ham, sud tizimi ölik bölsa, OAV heç qaçon erkin bölmaydi. Mabodo kimdir şunday deyayotgan bölsa, bu ğirt yolğondir. Ijro hokimiyati harçand demokratiya, söz erkinligi haqida çiroyli gapirmasin, u söz erkinligidan heç qaçon manfaatdor bölmaydi. Ijro hokimiyati bergan söz erkinligi bu söz erkinligi emas. Bunaqa söz erkinligi bölmaydi. Hatto mazkur uçta tarmoqdan bittasi zaif bölsa, masalan, sud hokimiyati, OAVning erkinligi har doim tahdid ostida böladi. Qirğizistondagi oxirgi voqealar bunga misol.
Ikkinçi masala. Quyidagi skrinşotda muqaddam deputatlangan bir partiya vakili jurnalistlar muammolarni hal qiliş uçun qanday amaliy takliflar bildirgani, qanday muammolarni hal qilgani bilan qiziqibdi. Bu “zato osmonimiz musaffo”dan keyin turadigan eng bemaʼni va avtoritar rejimlarda qöl keladigan gapdir.
Jurnalistlar xolis va haqqoniy axborot beriş, uçta hokimiyatning sözi va amali mosligini tekşiriş, jamoatçilik ilğaşi qiyin bölgan masalalarni atrofliça yoritiş orqali jamoatçilikka yordam beradi. Jamoatçilik ana şu axborotlar yordamida saylovlarda deputatlarni saylaş orqali ularga yana işonç bildiradi yoki saylamasdan jazolaydi. Yangi parlament orqali esa jamoatçilik hukumatni nazorat qiladi, unga eʼtirozini aytadi, mandatini beradi. Demokratiya özi şu.
Uçinçi masala. Qaçon mamlakat taraqqiy etadi? Insoniyat davlatçiligi şuni isbotladiki, hamma öz işini qilsa, yaʼni deputat ham, hukumat ham, sud ham öz işini qilsa, prokuratura sektor bilan emas, qonun ustuvorligi bilan şuğullansa, universitet, maktablar talaba-öquvçilarning soçi, şimining uzunligini ölçamasdan, faqat taʼlim beriş bilan şuğullansa, taraqqiyot böladi. Jurnalist öz işini qilsa va sifatli qilsa, aslida davlatga 420 milliard söm sarflab tarğibot maşinasini uşlab turişga hojat qolmaydi.
IMHOning indallosi şundaki, hamma öz işini qilsin.
@davletovuz
👉 @xushnudbek 👈

