Soliq tölovçilar eʼtirofi-2019 sörovnomasi nominatsiyalari

Matn17-dekabr, 2019, 20:411 daqiqa0 koʻrish

«Soliq tölovçilar eʼtirofi-2019» jamoatçilik sörovi

Ertaga sörovnomaga qöyiladigan nominatsiyalar quyidagilar:

(taşkilotlar alifbo tartibida keltirilgan)

2019-yilda faoliyati ijobiy tarafga keskin özgargan davlat taşkiloti

• Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi
• Maktabgaça taʼlim vazirligi
• Markaziy bank va banklar
• Xalq taʼlimi vazirligi
• Turizmni rivojlantiriş qömitasi

2019-yildagi faoliyati davomida aholining eng köp eʼtiroziga sabab bölgan davlat taşkiloti

• Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri qömitasi
• IIV Yöl harakati boş boşqarmasi
• Majburiy ijro byurosi
• Uy-joy kommunal xizmat körsatiş vazirligi
• Energetika vazirligi
• Hokimliklar

Eslatmalar:

⁃ barça nominatsiyalar böyiça sörovnomaga qöyilayotgan nomzodlar muştariylar tomonidan qoldirilgan izohlardan kelib çiqib, tanlangan;
⁃ nomi uzun taşkilotlar sörovnomaga qisqartirilgan holda yoziladi;
⁃ juda köpçilik insonlar izohlarda mahalliy hokimliklarni korrupsiya elementlari köpligi böyiça ham, yil davomida xalqning eng köp eʼtiroziga sabab bölgan taşkilot sifatida ham körsatgani uçun, istisno sifatida ikkala nominatsiyada ham kiritişga majbur böldik;
⁃ yil davomida eʼtirozlar eng köp bildirilgan davlat taşkiloti sifatida Içki işlar vazirligining aynan yöl harakati bilan boğliq faoliyati tilgan olingani uçun, istisno sifatida butun vazirlikni emas, aynan YHXBBni kiritdik, şunda adolatdan böladi, menimça.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

  1. Xushnudbek.uz kanalida so'rovnoma

    01 daqiqa

  2. Tahsin mukofotini topşiriş marosimi

    02 daqiqa

Yana oʻqing