Soliq tölovçilar eʼtirofi-2019 jamoatçilik sörovi

Matn10-dekabr, 2019, 19:392 daqiqa0 koʻrish

«Soliq tölovçilar eʼtirofi-2019» jamoatçilik sörovi

Navbatdagi nominatsiyalarni eʼlon qilamiz, quyida öz variantlaringizni qoldirişingiz mumkin:

1️⃣ «Xalq mehrini qozongan davlat taşkiloti rahbari»

Izoh: uşbu nominatsiyada özining ommaviy axborot vositalaridagi çiqişlari orqali xalq mehrini qozongan, şuningdek özi rahbarlik qilayotgan tizimda xalqqa manzur böladigan özgarişlar taşabbuskori bölgan, aholining turli muammolarini hal qilişda jonbozlik körsatgan, xalq bilan erkin muloqotni yölga qöygan davlat taşkiloti rahbarini körsatişingiz mumkin.

2️⃣ «Xalq mehrini qozongan hokim»

Izoh: uşbu nominatsiyada özi hokimlik qilayotgan hududlarni rivojlantirişga katta hissa qöşgan, xalqning oğirini yengil qilişga qaratilgan özgarişlar taşabbuskori bölgan, adolatli qarorlar qabul qilişga intiladigan, jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan oçiq muloqotni yölga qöygan, özining kamtarligi, xalqçilligi, xuşmuomalaligi bilan xalq mehrini qozongan hokimni körsatişingiz mumkin.

❗️MUHIM ESLATMA!

Iltimos, variant qoldirayotganda quyidagilarga eʼtibor berişingizni söraymiz:

👉 Bir kişi faqat bitta izoh qoldirişi mumkin. Ikkinçi izohlar yoki offtoplar öçiriladi (bitta izoh degani, bu bitta izoh degani. Ikkita yoki uçta emas. Iltimos, qolganlar bilan çat qilib, ovozlarni hisoblaşda işimizni oğirlaştirmasligingizni söraymiz);
👉 Mansabdor şaxs nomini yozganingizda, albatta nominatsiya raqamini körsatişingizni söraymiz. Şunçaki, rahbar ismini yozsangiz, qaysi nominatsiyaga uşbu variantni körsatayotganingizni bila olmaymiz;
👉 Agar istasangiz, mansabdor şaxs ismini yozib, ortidan unça uzun bölmagan izoh qoldirişingiz, variantingizni izohlaşingiz mumkin. Qöşimça izoh majburiy emas, şunçaki ikkita variant aytsangiz ham böladi. Istasangiz, faqat bitta nominatsiyaga variant aytişingiz mumkin, ikkalasiga ham aytiş şart emas, faqat raqam körsatişni unutmang;
👉 Izohlar 13-dekabr soat 21:00-ga qadar qoldirilişi mumkin. Undan keyingi variantlar hisoblanmaydi;
👉 Har bir nominatsiya böyiça eng köp ovoz olgan 5 nafar mansabdor şaxs yakuniy sörovnomaga kiritiladi.

Barçaga faollik va fikrlari uçun oldindan minnatdorlik bildiraman!

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek