Yuriy Dudning Kremniy vodiysi haqidagi filmi
Yerdagi özga sayyora haqida film
Aslida qaysidir videoni 3 soat qimirlamasdan körişim juda qiyin. Albatta boşqa xabarlar, yumuşlar diqqatimni böladi yoki eng qiziq kino bölsa ham ayrim joylarini ötkazib körişim mumkin. Ammo mana bu videoni mijja qoqmasdan, ötkazmasdan, imkon qadar boşqa narsalarga çalğimasdan bir nafasda tomoşa qildim.
Yuriy Dud navbatdagi filmini (intervyu degim kelmayapti) AQŞdagi Kremniy vodiysidan tayyorlabdi. IT sohasining gigantlari joylaşgan bu vodiyda işlayotgan ruslar bilan suhbatlaşibdi.
Töğrisini aytsam, bu umuman boşqa dunyo, boşqaça olam. Balki Yer emas, Mars yoki boşqa sayyora deb öylab qoladi odam. U yerdagilarning dunyoqaraşi, fikrlaşi, qadriyatlari bizning qariçlarimizga mos emas. Aniqroği biz qariçlasak, ular qadamlab ölçaydiganga öxşaydi.
Nega Özbekistonda tizim bunday emas, nega bizda rasmiylar bunaqa qilişmaydi, nega bizda tadbirkorlar bularday öylamaydi, nega bizdagi taʼlim tizimi Stenford universitetidan farq qiladi, nega bizning rektorlar talabalarga boşqaça qaraydi, degan savollarni bermayman. AQŞ bilan özimizni soliştirib, özimizni ayblaş fikridan yiroqman. Tan oliş kerak, Kremniy vodiysiga öxşagan loyihani Özbekiston tugul, dunyoning manaman degan boşqa davlatlari ham qaytara olmayapti.
Ammo ayblaş maqsadida emas, şunçaki örnak oliş maqsadida albatta bu videoni körib çiqişingiz kerak. Ayrim joylarida hayratlanasiz, ayrim joylarida zavqlanasiz, ayrim joylarida ilhomlanasiz, baʼzi gaplarni eşitib esa bizdagi holat yodingizga tuşib, dilingiz xira bölişi ham mumkin.
Ammo baribir Siz bu videoni albatta köring. Çalğimasdan, qimirlamasdan, diqqat bilan köring. Yoqimli tomoşa tilayman.
Rusçasi: https://youtu.be/9lO06Zxhu88
Özbekçasi: https://t.me/xushnudbek/5622
Xulosalaringizni esa izohlarda kutib qolamiz.
👉 @xushnudbek 👈


