Majburiy obuna tugaşi va matbuotdagi özgarişlar
Majburiy obuna va zararkunanda qönğiz
Keça ÖzA saytida «Yil boşida qaysi gazeta qança nusxada çop etilmoqda? » degan maqola çiqdi. Unda juda köplab gazetalarning tiraji yangi yil boşida tuşib ketgani haqida maʼlumot berilgan.
Masalan, adadi eng köp kamaygan naşrlar: “Xalq sözi” (84 ming nusxaga kamaygan), “Maʼrifat” (39 ming), “Narodnoye slovo” (20 ming), “Yoşlar ovozi” (19 ming) hamda “Qişloq hayoti” (15 ming), "Pravda Vostoka" (15 ming). Töliq röyxat mana bu yerda.
Gazetalarning tirajlari bu taxlit kamayişi ötgan yilda majburiy obunaga qarşi olib borilgan kuraşning aks-sadosi ekanligini taxmin qiliş qiyin emas.
Yirik naşrlarda şunça yöqotişlar bölibdi, mundayroq gazetalarning neçtasi yopilib ham ketgandir balki.
Majburiy obunaga qarşi kuraşgan insonlarni maʼrifatga qarşi kuraşganlar sifatida qoralaşga harakat qiliş allaqaçon boşlab yuborilgan.
Aslida ham şundaymi?
Kimga yoqadi yoki yöq, bilmadimu, lekin menimça, majburiy obunaning illat ekanligini taʼkidlaganlar va bunga qarşi kuraşganlar aslida soğlom va xalqçil matbuot uçun jon kuydirayotgan insonlardir. Yoddan çiqarmang, biz "majburiy obuna yöqolsin" deganmiz, gazetalar emas. Bu ikkalasi sinonim ekanligi - iş töğri yölga qöyilmaganidan dalolat.
Asl matbuot degani ildizi baquvat, poydevori mustahkam, prinsipi qatʼiy bölişi kerak emasmi? Agar biz aybdor bölsak, 3-4 blogerlarning yozganiga ön minglab tirajini yöqotaversa, qanday matbuot böldi bu?
Hokim buvalar majburlab obuna qildirib bergan gazeta ertaga şu hokimni taqid qila oladimi? Xalq va hokim qarama-qarşiligida "tili qisiq" matbuot xalq tomon böla oladimi?
Hozirgi gazetalar tirajidagi yöqotişlar ertangi matbuot rivoji uçun deboça böladi, degan yaxşi umiddaman.
Qönğiz hikoyasi
Amerikalik fermerlar uzuntumşuq zararkunanda qönğiziga haykal örnatişgan (pastdagi suratda). Sababi ötgan asrning boşlarida Alabama ştatida uzuntumşuq ketma-ket 3 yil amerikalik fermerlarning paxta plantatsiyalarini payhon qiladi. Vaziyat şu darajada böladiki, fermerlar oçlikdan ölişiga oz qoladi. Qönğizni yöqotişga qarşi har balo qilib körişadi: befoyda.
Nihoyat 4-yilga kelganda fermerlar paxta örniga qönğizning tişi ötmaydigan yer yonğoq ekişadi. Natijada ular yer yonğoqdan paxtaga qaraganda köproq daromad olişni boşlaydi. Keyinçalik, fermerlar paxta ekişni butunlay yiğiştirib, boşqa foydali ekinlarga ötib ketişadi. Va «yuksak xizmatlari» evaziga uzuntumşuq qönğiziga haykal örnatişgan.
Renessans davri
Bu bilan nima demoqçiman?
Endilikda nima yozişidan qatʼi nazar majburiy obuna hisobiga yaşab yuradigan davrlar bölmaydi (har holda şunga umid qilaman). Demak, gazetalar uçun renessans - uyğoniş davri boşlanadi. Har bir muştariy uçun kuraş ketadi. Xalq uçun foydali va qiziq materiallar uçun izlaniş kuçayadi.
Birlaşing! Majburiy obuna (yaʼni birovning pulini noqonuniy tortib oliş) evazigagina tirik bölgan matbuotdan voz keçing!
Eng avvalo öz muammolaringizni katta davralarda yanada baralla aytişni boşlang, qaysi sabablar Sizlarga xalq mehrini qozonişga xalaqit beryapti, şularni oçib taşlang.
Qoğoz qimmatmi, poçta rasvomi, firibgar firmalar köpmi?
Tsenzurami?! Şu paytgaça gazetalar oldiga katta tösiq qöyayotgan va ularni bitta şablonda uşlab turganlar bormidi?
Agar şunaqalar bölsa, endi ularga qarşi içki kuraş boşlanişi kerak. Bozorda yaşab qoliş oson deysizmi? Naşr yopilib ketmasligi uçun, endi jurnalistlar ramkadan çiqişi, kimlarningdir beʼmani talablarini bajarişdan boş tortişni boşlaşi va haqiqiy jurnalistikani hayotga qaytarişi kerak. Axir qaçondir şunaqa qilişingiz kerak ediku...
Yöqmi? Bunga kuç topa olmaysizmi? Butun matbuot birlaşib, şu qobiqni yorib ötişga jazm eta olmaysizmi? Unda marhamat, bemalol yopilib ketavering... Öz haqqini talab qila olmaganlar, xalq dardi uçun kuraşarmidi?..
Foydasi tegadimi, yöqmi bilmadimu, lekin bilingki, soğlom matbuotga ğov bölayotgan muammolaringizni aytişda Sizga qöşilib "hayqirişga" doim tayyorman.
Tanlang, oldingizda 2 yöl turibdi: majburiy obunaga asoslangan qaram va inqirozli matbuot yoki öz aravasini özi tortadigan erkinlik. Ikkinçisi oson bölmaydi lekin...


