Mirodil Abdurahmonov maqolasi va milliy matbuot muammolari
Xalq öz qahramonlarini bilib qöyişi kerak
Eng qiziğini aytaymi? Yuqoridagi maqola muallifi sifatida körsatilgan Umid Arslonbekov aslida taxallus ekan, bunaqa odam yöq emiş. Suriştiruvlarim natijasida aniqlandiki, bu maqolaning asl muallifi «Iqtisodiy gazeta» nomli gazetaning boş muharriri Mirodil Abdurahmonov ekan.
Muallif himoya qilayotgan milliy matbuot, nahot şu bölsa?
Taxallus ortiga bekinib olib, özgalarni haqorat qiladigan, sovet davridagi «yumaloq xatlar» bilan özgalar şaʼnini yerga urişga intiladigan jurnalistlar milliy matbuotni belgilab beradimi? Yöq, milliy matbuot tuşunçasi ança yuqorida! Bunaqa çiqişlar uning nufuzini tuşuradi xolos.
Hali mana şunaqa, yozgan maqolasida öz nomini oşkor qilişga qörqadigan ayrim jurnalistlar uçun şifokor yoki öqituvçilar, talabalaru boşqa millionlab işçilarning halol işlab topgan pullarini qaroqçilarday majburan tortib olişni oqlaşimiz kerakmi?
Boşqalarga balki bunaqa «qaroqçilik» maʼquldir, lekin şaxsan men bunga rozi emasman.
