Peşkö tuman hokimi majburiy obuna böyiça körsatma berdi
Manba:Xushnudbek.uz
Peşkö tuman hokimi taşkilotlarni ayrim naşrlarga majburiy obuna bölişga topşiriq beryapti
Majburiy obuna? Yöq, yöq, bunaqasini eşitmaganman...
Bugun qölimga Peşkö tuman hokimining "Peşköpaxtatozalaş" AJ raisiga yozgan xati kelib tuşdi. Unda tuman hokimi respublika, viloyat va tuman naşrlariga 2019-yil uçun obuna mavsumini talab darajasida taşkil etiş uçun 20-noyabrga qadar röyxatdagi gazeta va jurnallarga obunani töliq taşkil qiliş haqida körsatma bergan.
Oldindan ayrimlar uçun aytib qöyiş kerakki, xatda heç qanday "tavsiya etiladi" degan sözlar işlatilmagan. Boz ustiga xatning oxirida "izoh" qismida quyidagi bebaho bitiklar oltin harflar bilan yozib qöyilgan:
«Yuqoridagi naşrlarning barçasiga 12 oy muddatdan kam bölmagan holda obuna böliş şart».
Demak, yaqqol körinib turibdiki, gap majburiy obuna haqida ketmoqda.
Majburiy obuna buyurilgan xatda quyidagi naşrlarning röyxati va obuna soni keltirilgan:
Peşkö ovozi - 200
Buxoronoma - 60
Maʼnaviyat sarçaşmasi - 35
Qişloq hayoti - 20
Xalq sözi - 15
Ovozi tojik - 5
Nurli Jol - 5
Jamiyat - 5
Nuroniy - 5
Buxoro yoşlari - 5
Yoşlar ovozi - 5
Molodyoj Uzbekistana - 5
Buxarskiy vestnik - 4
Buxoro mavjlari - 4
Iqtisodiyot gazetasi - 4
Mahalla - 3
XXI-asr gazetasi - 3
Pravda vostoka - 2
Milliy tiklaniş - 2
Özb. iqtisodiyot axborotnomasi - 1
Bundan körinadiki, Peşkö hokimi "Peşköpaxtatozalaş" AJga 20 ta turdagi naşrga jami 388 dona obuna bölişni talab qilmoqda. Undan ham qiziği, obunaning katta qismi respublika darajasidagi naşrlar uçun emas, balki "Peşkö ovozi" tuman gazetasiga 200 ta, "Buxoronoma" viloyat gazetasiga 60 ta, internetdan birorta maʼlumot çiqmagan "Maʼnaviyat sarçaşmasi" degan nomaʼlum naşrga 35 ta, jami 295 dona obuna majburiy qilib belgilangan.
Suriştiruvni davom ettirib, bunça obuna taxminan qançaga tuşişini hisoblab körmoqçi böldi. "Matbuot tarqatuvçi" kompaniyasining saytidan obuna katalogi berilgan ekan. Lekin 2019-yil uçun respublika naşrlarining narxi bor, lekin Buxoro viloyatidagi mahalliy naşrlar obunasining narxi yöqligi uçun ötgan yilgi narxlarni olişga majbur böldim.
Taxminiy hisob-kitoblar şuni körsatdiki, Peşkö tuman hokimining topşiriği bilan "Peşköpaxtatozalaş" AJ joriy yilda 60 mln sömdan oşiqroq mablağni obunaga sarflaşga majbur ekan.
Xatda yana bir muhim jihat bor: Buxoro viloyat hokimining 29-sentabrdagi 301-f-sonli farmoyişi va tuman hokimining 2-oktabrdagi 169-f-sonli farmoyişlari uşbu majburiy obunaga asos sifatida körsatilgan. Demak, uşbu holatning qonuniyligini örganadigan tegişli idoralar hokimlarning albatta uşbu farmoyişlarini ham jiddiy nazoratga olişlari lozim. Çunki bunday xat bittagina taşkilotga yuborilmagan, katta ehtimol bilan viloyat va tumandagi barça taşkilotlar bu kabi topşiriqni olgan.
Umid qilamanki, uşbu masala tez orada qonun doirasida körib çiqiladi va tuman hokimining farmoyişi tugul, kerak bölsa viloyat hokimining farmoyişi ham majburiy obuna elementlari aniqlangan taqdirda bekor qilinadi.
ESLATMA: Biz majburiy obunaga qarşimiz, lekin bu zinhor xalqimizning kitob, gazeta yoki jurnal öqimasin, deb tarğib qilayotganimizni anglatmaydi. Biz köproq mutolaa tarafdorimiz, faqat oylikdan majburiy uşlab qolinadigan gazetalar hisobiga emas.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ
