Vazir buyrug‘i Vazirlar Mahkamasi qaroridan ustunmi
Vazir buyruği Boş vazir qaroridan ustun(mi?)
Propiska haqida yozganlarim yodingizdami? «Köp yozdingku, qaysi birini aytyapsan», deysizmi? Siçqonlarning nikoh töyi haqidagisi emas, albatta. Haligisiçi, Vazirlar Mahkamasi qaroriga özgariş kirgan bölsa ham “pasport stoldagilar” buni tan olmasligi haqidagisi borku, öşanisi.
Xullas, postim oxirida “borib köringlarçi, balki bu safar unaqa rad javobi berişmas” degandim. Yöq, yanglişgan ekanman. Qotib qolgan stereotiplarni parçalaş men öylagançalik oson emas ekan.
Şu gaplardan söng, bir neça kişi "vaqtinçalik propiskasining maksimal muddat 6 oy emas, endi 1 yilga uzaytirildi", deya xuddi men yozganday “haqqini talab qilib” körişgan ekan, kutilganidek “bizdagi instruksiya hali özgarmadi” degan şablon javobni olişibdi. Va vaqtinçalik propiskani 6 oyga “urib berişibdi”. Bunaqa amaliyot Toşkentning bir neçta tumanlarida kuzatilayotganligi haqida maʼlumotlarni yuborişdi.
Muştariylar ijara şartnomalarini söraş ham davom etayotganligini aytişmoqda.
Muammo öşa-öşa: Içki işlar vazirining 2016-yil 16-maydagi 79-son buyruği bilan tasdiqlangan yöriqnomaga haliyam özgariş kiritilmagan. Pastdagi ijroçilar esa odatda Vazirlar Mahkamasi qarorini tan olmaydi, ular vazir tasdiqlagan «instruksiya» bilan işlaydi, tamom-vassalom.
Bu masala ijobiy yeçim topişi, aniqroq aytganda 2 oy oldin qabul qilingan Hukumat qarorlarini “pasport stoldagilar” tan olişi uçun yana qança vaqt kerak, baraka topgurlar? 3 oy yoki 5 oymi? Balki quyi böğinlarga ham qarorlar yetib borişini 1 yil kutarmiz? Bilmadim, bu savollarga hozirça javob yöq.
Ha, aytgança, şu mavzuni örgana turib, notariuslar bilan ham boğlandim va ulardagi vaziyat bilan qiziqdim. Çunki 2090-son bilan davlat röyxatidan ötgan notarial harakatlarni amalga oşiriş tartibi töğrisidagi yöriqnomaga ham hali özgariş kiritilmagan va uning 50-12-bandida propiskasi yöq şaxslar EKIHning 2500 baravari miqdoridagi uy sotib olsagina oldi-sotdi şartnomasini tasdiqlaş mumkinligi yozilgan. Vaholanki, oxirgi özgarişlarga köra, bu talab bekor böldi, endi uyning narxi ahamiyatga ega emas, yangi uy bölsa böldi.
Balki notariuslar ham «hali instruksiyamiz özgarmadi, 2500 minimalkadan arzon uy bölsa mumkin emas» deyişayotgandir, deb sörab kördim. Yöq, quvonarli tomoni notariuslar allaqaçon Vazirlar Mahkamasining qarori bilan işlaşni boşlab yuborişgan ekan. «Adliya vazirligining instruksiyasi hali özgarmadi, qanaqa qilib notarial harakatni amalga oşiryapsizlar» desam, «Özingiz ham huquqşunossizku, Vazirlar Mahkamasi qarori turganda qanaqa qilib fuqaroga rad javobini beramiz?» deya aytişdi.
Bu gapni “pasport stoldagilarga” qanday tuşuntirsak ekan, şu öylantiryapti meni...
Tovbaaa, nahotki Hukumat qarorlarini instruksiyalarsiz ham ijro etiş şuuuuunçalar qiyin iş bölsa? Bularning hammasi vazirlikning bittagina topşiriq xati bilan hal böladigan masalaku. Ehhhh...
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ
