Andijon davlat universitetida talabalar obunaga majburlanmoqda

Matn22-dekabr, 2018, 17:531 daqiqa0 koʻrish

Manba:Daryo — LIVE

​​​​«Rektorbuva, iltimos, mendan obunaga pul olib qoling! Qaytimi kerakmas»

«Ariqqa özimiz tuşib olgandik», «Kesakni özimiz kötarib olgandik», «Militsionerlarga rahmat! Öğlimni militsioner urayotgani aks etgan videoni tarqatganni esa jazolaşlaringni xohlayman» turkumiga oid yangilik. Andijon davlat universiteti talabalari rektor Akramjon Yöldoşev nomiga salkam innovatsion ariza yozişyapti. Arizada şunday deyiladi:

«Meni 2019-yilda yurtimizda va jahonda bölayotgan siyosiy-ijtimoiy jarayonlardan doimo xabardor bölib borişim, şuningdek, ularda faol iştirok etişim uçun 2019-yil yanvar oyi stipendiyamdan 60 ming sömni obuna uçun hisobxona tomonidan uşlab qolişga ruxsat berişingizni sörayman».

Zör-a? Hammasi qonuniy — universitet talabadan obunaga pul söragani yo majburlagani yöq, talabaning özi, öz xohişi bilan pulini obunaga bermoqçi. Mana, arizasi ham turibdi. Faqat bu beçora talaba nimaga obuna bölayotganini ham bilmaydi, @trolluz yozganidek — gazetagami, jurnalgami, saytgami yo şunçaki havogami?

Bu obuna balosi qaçon tugaydi özi? Majburiy obuna hisobidan kun körayotgan gazeta/jurnallar, ularning rahbarlari, xodimlari mana şunday xat-xabarlarni körişganida, sal bölsa-da uyalişarmikin? Qaçongaça öqituvçi-yu pensioner, talaba-yu şifokorning çöntagiga osilasiz?

https://t.me/joinchat/AAAAAD63OEHkQHOlfdglMg

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek