Peşku tumani hokimi va majburiy obuna atrofidagi bahs
Peşku tumani hokimi taşkilotlarni obunaga majburlayotgani haqida yozganimga bir oydan oşdi. Şu orada nima natija böldi, bilmadimu, lekin bugun ÖzA va «Xalq sözi» saytida (Xalq sözidan keyin öçirişibdi negadir) Umid Arslonbekov degan odamning muallifligida menga qarşi bir maqola çiqdi.
Internet saytlarini, ayniqsa blogerlarni haqorat qiladigan, ularning şaʼnini asossiz bulğaşga harakat qilingan, hatto onalarimiz eslab ötilgan maqolaning ayrim joylarini eʼlon qilaman. Hozirça heç qanday munosabat bermayman. Fikrlaringizni izohlarda qoldirişingiz mumkin👇
«Peşku tumani hokimi oğir «jinoyat» ustida qölga tuşdi»
2018-yilning 20-noyabrida endigina tetapoya bölayotgan blogerlardan birining “Peşku tumani hokimi taşkilotlarni ayrim naşrlarga majburiy obuna bölişga topşiriq beryapti” nomli iddaosi eʼlon qilindi.
Ha, çindan ham yozişga mavzu topolmay qolgan ayrim saytçilar-u blogerlar uçun obuna mavzusi özini xalqparvar, adolatparvar qilib körsatiş uçun zör vaj-karsonga aylandi. Uzoq yillar davomida bir qolipga solingan naşrlarni qoralaş, yilt etgan erkin fikr uçun boşida kaltak singan gazeta-jurnallar jamoasini “xalq duşmanlari”ga aylantirişga hissa qöşayotganlar bugunga kelib göyo milliy matbuotni “sindirişga” buyurtma olgandek oldi-orqalariga qaramayaptilar. Çuqurroq öylab körilsa, bunday harakat zamirida barçamizni internetga tobe qiliş, muayyan könikmalar hosil qilinganidan keyin esa öz yöriqlariga solişga uriniş maqsadi mujassamdek...
...Buxoro viloyati hokimi 2019-yilning saylovlar yili ekanini inobatga olib, yirik taşkilotlarda 2 donadan siyosiy partiya naşrlariga obuna böliş töğrisida farmoyiş çiqargan ekan, ertaga aynan ana şu gazetalarda nomzodlar va ularning dasturlari eʼlon qilinişini nazarda tutgan bölsa, bundan fojia yasaşni mantiqan töğri, deb böladimi?..
..Bugun “majburiy obuna” haqida safsatabozlik qilayotganlar onasining qornida ham yöq paytlarda yuqorida nomlari tilga olingan ustozlarimiz milliy matbuotimizning nimalarga qodir ekanini amalda isbotlaganlar...
...Burnining tagidan narini körmaydigan ayrim blogerlar esa internet imkoniyatlariga tayanib, butun dunyoga ayuhannos solişga urinyapti. Özini xalqparvar qilib körsatişga jon-jahdi bilan harakat qilyapti. Maqsad aniq – qanday yöl bilan bölsa-da, özlarining obunaçilari sonini oşirib, layk yiğiş va pul işlaşdan iborat. «Buzoqning yugurgani somonxonagaça» degan gap bor xalqimizda. Savodi haminqadar saytlar, öpkasi yöq blogerlar davri ertami-indin ötadi. Ammo ular keltirayotgan zararni qoplaş uçun ança vaqt sarflaşimizga töğri keladi, xolos...
...Peşku tumani hokimi noçor ahvoldagi tuman gazetasini qöllab-quvvatlaş niyatida 200 ta obuna uyuştiriş töğrisida farmoyiş çiqarganini göyoki «jinoyat»ga tenglaştirayotgan «döstlarimiz» Buxoro viloyatining çekka bir tumanidagi ana şu naşrda bor yöği birgina oliy maʼlumotli jurnalist işlaşidan xabardormikin? 500 ming söm atrofida oylik olayotgan 4 nafar texnik xodim ming bir qiyinçiliklarga qaramay «Peşku ovozi»ni çiqarmoqda. Tuman hokimi uşbu naşrga obuna uyuştiriş töğrisidagi xatga imzo çekkanida peşkulik hamkasblarimizni faqat şu yöl bilan qöllab-quvvatlaş mumkinligini bilgan, albatta. Şuning uçun ham öpkasi yöq blogerça tanqid qilgan hokimning otasiga rahmat, deyiş kerak! Bitta savodsiz saytda bildirilgan mulohaza, tanqid yoki fikrdan çöçib, öz sözidan qaytgan ayrim hokimlardan farqli ölaroq Peşku tumani hokimi öz gazetasini qöllab-quvvatlaşda davom etmoqda...
...Töğri, u bir masalada haq. Peşku tumani hokimining xatida «tavsiya» sözi yozilmagan. Ammo bu bilan mantiq özgaradimi?..
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ
