Xushnudbek O‘zAda e’lon qilingan maqolaga munosabat bildirdi

Matn18-noyabr, 2019, 18:341 daqiqa0 koʻrish

​​Yodingizdami, Peşku tumani hokimining taşkilotlarni obunaga majburlayotgani haqida maqola yozganimdan keyin, öşa majburlab sotilayotgan gazetalardan biri bölgan «Iqtisodiy gazeta» boş muharriri menga va özi umuman barça blogerlarga qarşi mağzava maqola yozib, öz nomidan emas, balki Umid Arslonbekov taxallusi ortiga berkinib, ÖzA saytida eʼlon qilgandi. Keyinçalik bu maqolani ÖzAdan öçirib taşlaşdi.

Bugun sizu bizning soliqlarimiz evaziga kun köradigan mana şu ÖzAda yana bir «yumaloq» maqola çiqdi. Muallifi nomaʼlum, şunçaki Omon Eson degan taxallus bilan yozilgan maqola (balki bor odamdir, kim bilsin) bevosita menga qaratilgan ekan. ÖzLiDeP “zakazi” bilan çiqarilgan maqolaga hozirça heç qanday munosabat bildirmoqçi emasman. Şoşib, hissiyotga berilib, bir narsalar deyişim şartmas. Balki ular aynan şunaqa muvozanatdan çiqişimni kutişayotgandir. Lekin çuçvarani xom sanaşibdi.

«Bu – Konstitutsiyaga zid emas» degan bayonotlarni köp eşitganmiz. Masalan, propiskani ham Konstitutsiyaga zid emas deyişgan köp bora. Lekin aslida zidligini hammamiz bilamizku, töğrimi?

Hay, mayli, hali bu mavzuni bafurja muhokama qilamiz kelgusida.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek