Jurnalist va huquqşunosning kasbiy faoliyat haqidagi fikrlari

Matn17-noyabr, 2019, 20:312 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Men jurnalist emasman, kasbim - huquqşunos. Ammo 10 yildan ortiq vaqt mobaynida bevosita axborot makonida öz fikrlarim bilan iştirok etib kelaman. Şu sababli telejurnalist Hamza Jumayevning quyidagi fikrlari mening qalbimga ham yaqin. Mening onam ham xuddi Hamza akaning onasi kabi doim xavotirda yaşaydilar, “bu işingni yiğiştir” deb köp aytadilar.

Keling, yaxşisi @hamzajumayev kanalida eʼlon qilingan uşbu fikrlarni Sizlar bilan töliq ulaşsam:

“Onam köp aytadilar... Sen bola bir kun tilingdan osilasan! Muammo doim bor va böladi. Bitta özingni çirillaganing heç nimani hal qilmaydi...Sen bir narsa yozsang yoki gapirsang kimdir duşmançilik qilişidan xavotir olaman, bolam.

Ha, ona! Jurnalistning tili va qöli saraton ösmasiga öxşarkan. Avval atrofdagilarni beorom qilib oxir özining boşiga yetarkan. Agar u haqiqiy jurnalist bölsa...

Heç kimga yoqmaydigan kasbni tanlab qöydim, ona. Bu kasbning kaltagiyu yaralaridan zada bölib ketdim ona! Bir tilimga ming xöjayin, bir qölimga yuz boşliq.

Ona! Sizga yoqmayotgan bölsam, demak men yaxşi jurnalistman. Çunki, töğri gap tuqqaningga yoqmaydi. Demak, men töğrisözman. Yaxşi jurnalist, tuqqaniga ham yoqmaydigan jurnalistdir.

Döstlarim, aqling baloga yetadi, deyişadi. Lekin, baloga yetgan aqlning boşga balo keltirişi turgan gap, ona. Meni bir ovsar, beğam - betaʼsir qilib tuğsangiz bölmasmidi, ona...

Jurnalistman ona, jurnalistman! Peşonamda şu tamğam bilan ketaman ona. Badanimda undan qolgan çandiqlar bilan ketaman. Balki öşanda, qutuldik oxiri, degan gaplar ham bölar. Lekin aslida men qutulgan bölaman, ona.

Yozmayman, gapirmayman deymanu, unda yaşab nima qilasan, degan savol miyamda aylanaveradi ona. Na yaxşi jurnalist böloldim, na yaxşi öğil...

Böğzimga nimadir tiqildi... Meni duo qiling ona! Qalqonim ham, davlatim ham, mehribonim ham sizsiz, Ona!”

Post tugadi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

  1. Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan tabrik

    01 daqiqa

Yana oʻqing