Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

9-may – Xotira va qadrlaş kuni haqida mulohazalar

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn3 daqiqa0tahrirlangan

Bugun, 9-may – Xotira va qadrlaş kuni.

Özbekistonda rasman dam oliş kuni sifatida nişonlanadigan bayramlar orasida yagona tabriklanmaydigan bayram, mana şu bölsa kerak.

«9-may bilan tabriklayman» yoki «bayram muborak bölsin» degan iboralarni işlatmaslik kerakmikin, degan fikrdaman (lekin beixtiyor köp işlatamiz). Çunki bugun uruşda halok bölgan 500 ming ota-bobolarimizning yorqin xotirasini yod etişimiz, ularning haqqiga Qurʼon tilovat qilişimiz kerak. Şuningdek, bugun hayot bölgan uruş qatnaşçilarini qadrlaşimiz lozim. Tabriklasak ham balki faqat ularni tabriklaşimiz kerakdir, kim bilsin.

Ğalaba haqida

Köpçilik 9-mayni «Ğalaba kuni» sifatida eʼtirof etilişini yoqtirmaydi. Bu gaplarga 2 xil munosabatda bölaman.

Birinçidan, bugungi bayram nomini rasman «Ğalaba kuni» sifatida işlatilişiga mutloq qarşiman. Bugun «Xotira va qadrlaş kuni». Bu qonunlarimizda yozib qöyilgan.

Ikkinçidan, “ğalaba kuni” sözi atoqli ot mazmunida emas, şunçaki 9-mayni sifatlaş uçun kiçik harflar bilan yoziladigan körinişda işlatilsa, buning notöğri yoki yomon joyi yöq. Sababi garçi Ikkinçi jahon uruşi rasman 2-sentabrda Yaponiyaning kapitulyatsiyasidan keyin tugagan bölsada, lekin ayni 9-mayda faşizm ustidan ğalaba qozonilgan. Bu ham tarixiy fakt va buni inkor qilmaslik kerak.

«Uruşda ğolib va mağlublar bölmaydi» degan iboralarni ham köp işlatamiz. Bu ham falsafiy jihatdan töğri. Ammo faktik jihatdan uruşda mağlublar bölgani singari, ğoliblar ham böladi. Yaʼni tarixiy fakt şuki, Gitler Germaniyasi va uni qöllab-quvvatlagan davlatlar ittifoqçilar qöşiniga mağlub bölgan. Demak, ğoliblar ham bor, ğalaba ham bor.

Öyin-kulgu haqida

Ammo bu ğalabani nişonlaş, bayram, öyin-kulgu qiliş qay darajada töğri, bunisi ham bahsli masala. Mening fikrimça, öyin-kulguga hojat yöq, biroq boşqaçaroq körinişda nişonlaş mumkin.

Mil. avv. 279-yilda Auskul şahri yonidagi jangda Epir şohi Pirr rim qöşinlari ustidan ğalaba qozonadi. Ammo bu jangda Pirr şunçalar köp yöqotişga uçraydiki, jangdan keyin «agar biz rimliklar ustidan xuddi şunaqa yana bir marta ğalaba qozonsak, unda butunlay qirilib ketamiz» deya taʼkidlaydi. Öşandan buyon juda katta yöqotişlar bilan erişilgan va mağlubiyatga teng ğalabalarga «Pirrça ğalaba» degan iborani işlatişadi.

Ikkinçi jahon uruşi ham butun insoniyat uçun aslida «Pirrça ğalaba» bölgan. Uruşda taxminan 70 mln atrofida insonlar qirilib ketişgan. Şu sababli ham bu kunda öyin-kulgu qiliş şart emas.

Ammo yana bir qaraş ham borki, uruşda qatnaşgan kam sonli veteranlar uçun balki qanaqadir tadbirlar qiliş kerakdir, şundoq ham ularning soni yildan yilga kamayib ketmoqda. Balki ğanimat bölgan tirik tarixlar uçun tiriklik bayramini qilib beriş kerakdir, degan fikrlar ham yöq emas. Buni ham töliq inkor etiş qiyin.

Bayram va nişonlaşga kelsak, masalan, koronavirus butun dunyoni zabt etdi, 4 mlndan oşiq inson şu virusga çalindi, 300 ming atrofidagi insonlar halok bölişdi. Koronavirusga qarşi ilk muvaffaqiyatli vaksina öylab topilgan kun, aslida bayram misoli. Çunki bu körinmas duşmanga qarşi ğalaba böladi. Dunyo bu ofatdan qutiladi, hayot yana öz iziga tuşadi, odamlarga ölim xavf solmaydi. Va mana şu kunni har yili insoniyat bir marta eslab qöyişi, şifokorlarni olqişlaşi, ölganlarni yod etişi, bölib ötgan işlardan xulosalar çiqarişi va qandaydir körinişda nişonlaşi ham mumkin. Ammo bu öyin-kulgu qiliş kerak degani emas.

Xulosa

Xullas bugungi kun atrofida turfa xil qaraşlar mavjud va har tomonning öz argumentlari, asoslari bor. Bir kunga turliça qaraşning borligi xavotirli emas, aksinça jamiyatda turfa fikrlilik bölgani yaxşi.

Faqat eng yomoni bunday uruşlarning yana qaytarilişi yoki takrorlaşga bölgan harakatlardir. Uruşni tarixning bir bölagi sifatida köproq örganişimiz, uning dahşatini anglaşimiz va har qanday şakldagi uruşga qarşi çiqib, tinçlikni qadrlaşimiz maqsadga muvofiq, menimça.

Ötganlarning ruhlari şod, oxiratlari obod bölsin, ilohim.

Xotira va qadrlaş kuni muborak! (iya, ana, yana aytib qöydim bilmasdan)

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek