Talabalar uçun ijara uylari tizimiga tanlov eʼlon qilindi
Talabalar uçun ijara uylarini topişga yordamlaşuvçi elektron tizim yaratişga 300 mln sömgaça ijtimoiy buyurtma eʼlon qilindi
Yaqinda Yoşlar işlari agentligi raisi Alişer Saʼdullayev Samarqandga xizmat safari bilan borganda viloyat hokimi Erkinjon Turdimov bilan körişib, talabalar turar joylariga oid muammoni muhokama qilgani va özaro hamkorlikda ijtimoiy buyurtma eʼlon qilişga kelişib olişganini maʼlum qilgandi.
Bugun öşa buyurtma eʼlon qilindi!
Samarqand viloyati hokimligi hamda Yoşlar işlari agentligi talabalarning va soha mutaxassislarining taklif va mulohazalarini qöllab-quvvatlagan holda, talabalar va ijara uylarini beruvçi şaxslarni bir platformada birlaştiruvçi elektron tizimni işga tuşiriş uçun mukofoti uç yuz million sömgaça bölgan ijtimoiy buyurtma sifatida tanlov eʼlon qildi.
❗️ Tanlovda iştirok etiş istagini bildirgan şaxslar va xususiy dasturlaş kompaniyalari uşbu masalaga doir özlari taklif etayotgan yeçimlari bilan 2021-yil 5-aprel sanasiga qadar röyxatdan ötişlari mumkin.
👉 https://forms.gle/ZrHCfvxYNNj7gqqi9
P.S.: Yodingizda bölsa, 2 oylar avval xuddi şu mavzuda öz takliflarimni bildirgan edim. Bu taklifni dekabr oyida Alişer Saʼdullayev bilan ança muhokama ham qilgandik. Agar lozim bölsa, tanlovda qatnaşmoqçi bölgan barça talabgorlarga men bajonudil maslahatçi bölişim mumkin. Beminnat, albatta. Tolibi ilmlar uçun foydasi tegadigan har bir loyihaga jon deb yordam berişga tayyorman.
👉 @xushnudbek 👈



