Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

25-dekabrdan karantin çeklovlari qaytişi haqidagi xabar yolğon

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalAlbom1 daqiqa0tahrirlangan
Ёлғон хабар акс этган скриншот устига қизил рангда Ёлғон деб ёзилган
Kun.uz сайтидаги ҳақиқий хабар скриншоти устига Ҳақиқий хабар умуман бошқа мавзу ҳақида деб ёзилган

❌ 25-dekabrdan karantin çeklovlari qaytişi haqidagi xabarlar yolğon

Bugun Telegramda 25-dekabrdan karantin çeklovlari qaytişi, maktab, boğça va keng savdo-sotiq yarmarkalarining işlaşi çeklanişi haqidagi xabarlar tarqaldi. Bunga manba qilib KunUz naşridagi bir havola berilgan.

❗️Olingan maʼlumotlarga köra, bu yolğon maʼlumot!

Birinçidan, linki berilgan Kun.uzdagi xabar umuman boşqa narsa haqida (Xorazmdagi yöllar sifatsizligi). Ikkinçidan, matn ğij-ğij xato bilan yozilgan.

Qaysidir çalasavod yolğon maʼlumot tarqatsa, darrov işonib ketavermasdan, ozgina tekşirişni ham örganaylik, iltimos. Bugungi axborot asrida bunaqa yolğon xabarlar köp tarqaladi, şuning uçun özimizda ham ozgina immunitet hosil qilişimiz, yolğonni rostdan ajrata oliş könikmamizni şakllantirib borişimiz kerak.

‼️Lekin feyk xabardagi bitta gap töğri: iltimos, niqobsiz yurmang, niqob taqişni hali heç kim bekor qilgani yöq!

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek