Diqqat, yolğon xabarlar: vahima va feyklarga işonmang
❗️DIQQAT, YOLĞON XABARLAR!❗️
Bunday favqulodda vaziyatlarda jamiyatga bir tiyinlik foydasi tegmasa ham, qiladigan işi faqat vahima tarqatiş va yolğon xabarlarni töqib çiqariş bölgan insonlar ham afsuski oramizda yöq emas. Ularga Xudo insof bersin.
Jumladan quyidagi xabarlar feyk, yaʼni yolğon xabarlardir:
❌YOLĞON: «Xavfsizlikni taʼminlaş maqsadida ertadan boşlab maktablarda reydlar ötkaziladi. Maktabda qöşimça darslar yoki tögaraklarda iştirok etayotgan öquvçilar aniqlansa, maktablar jarimaga tortiladi»
❌YOLĞON: «Dökonlarda, avtobuslarda va köçalarda bolalar aniqlansa, ota-onalari jarimaga tortiladi»
❌YOLĞON: «Bugun 23:00 va tonggi 5:00-gaça vertolyotlar dezinfeksiya uçun dori sepadi. Deraza va balkonlar yopiq bölişi lozim va 23:00dan söng köçalarda yuriş mumkin emas. Harbiy qismdan xabar berişdi»
❌YOLĞON: “Koronavirus öpkaga ötişidan avval, tomoqda 4 kungaça saqlanib turadi, şu paytda yötal va tomoq oğriq boşlanadi. Agar şu davrda köp suv içilsa, tuz va uksusli suvda tomoq çayqalsa, virus yöqoladi”
❌YOLĞON: "Koronavirusga oid maʼlumotlar berib boruvçi @koronavirusinfouz kanali soxta botlar orqali foydalanuvçisini köpaytirib olgan"
✅Iltimos, hurmatli yurtdoşlar, Sizlar ham guruh yoki kanallarda duç kelgan xabarni körib qolsangiz, xuddi tilla topganday vahima qilib, bir-biringizga tarqatişni bas qiling.
Ozgina, köp emas, oooozgina Xudo bergan aqlingizni işlatib, «bu xabar töğrimi özi, buni birovlarga tarqatişimdan menga neça pullik foyda, şuni hovliqib boşqalarga tarqatmasam bir joyim kamayib qolmaydiku, yolğon narsani tarqatib, gunohga botib qolmay» deb öylab oling. Biz insonmizku axir, ongli mavjudotmiz, hayvonlardan farqimiz ham aynan ongimiz, aqlimiz borligida. Iltimos, özimizni tarbiyalaşga örganaylik, ayniqsa hozirgi şaroitda. Tuşunganingiz uçun rahmat!
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1

