Maxsus komissiya qarorlarining ilmiy asoslari haqida
Manba:davletovuz
Kimning tavsiyasi?
Har qanday qarorning negizida qandaydir mantiq, asos va soha mutaxassislari bilan maslahatlaşilgan bölişi kerak. Osmondan olingan tartib-taomillar nafaqat samarasiz, odamlarda ortiqça savollarning köpayişiga, ayniqsa, xarajatlarning ortişiga olib keladi.
Respublika maxsus komissiyasining yaqinda qabul qilgan qarorida aytilişiça, jamoat joylari va tadbirkorlik obyektlari hududlarida fuqarolar qölqoplarda bölişlari kerak. Garçi Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti qölqoplardan foydalanişni tavsiya etmagan bölsa-da, qölqop kiyilişi şart.
Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktori va Soğliqni saqlaş vazirligi boş infeksionisti Erkin Musabayev bu talabga izoh berar ekan, qaror çiqarganlar “men bilan heç kim qölqop borasida maslahatlaşmadi. Agar maslahatlaşganlarida, qaror biroz boşqaça bölişi mumkin edi. Nafaqat men bilan, balki qanaqadir sariq matbuotni emas, balki jiddiy ilmiy maqolalarni öqiydigan boşqa olimlar bilan ham maslahatlaşilmadi”, deb fikr bildirgan.
Bugun @koronavirusinfouz kanali germaniyalik olimlar tadqiqotlari asosida hatto dezinfeksiyalovçi tonnellar COVID-19 koronavirus infeksiyasidan himoya qilmasligini eʼlon qildi. Sababi SARS-CoV2 köpayişining asosiy öçoqlari öpka va bronxlarda joylaşgan. Taşqi dezinfeksiya samara berişi ehtimoli kamroq. Özbekistonda esa bunday tonnellar örnatilgan. Aksariyati tadbirkorlarning mablağlari evaziga örnatilgan. Bundan avvalroq, köçalarni va oçiq maydonlarni dezinfeksiyalaş orqali qançadan-qança resurs isrof qilingan edi.
Amerikaning Entoni Fauçi degani boş infeksionisti bor. Pandemiya davrida nafaqat Amerikada, balki butun dunyoda maşhur bölib ketdi. Trampga yalloqilanmasdan, vaziyatga töğri baho berişi, turli özboşimça davolaş va qarşi kuraşiş çoralariga qarşi qatʼiy sözini aytişi bilan ham köpçilikning hurmatiga sazovor böldi. Bizda esa infeksionistlar hatto qaror qabul qiliş jarayonida iştirok etmayapti. Qançalik örinli bilmadik, lekin bizda pandemiya davrida odamlar infeksionistning emas, içki işlar, milliy gvardiya xodimlarining sözlariga amal qiladigan böldi.
Xöş, Respublika maxsus komissiyasi u yoki bu tartibni joriy qilayotganda, nimaga asoslanib qaror çiqarmoqda? Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti tavsiya qilmagan bölsa, respublikaning boş infeksionisti bexabar bölsa. Kimning tavsiyasi bilan? Tonnel va qölqop işlab çiqaruvçilarning tavsiyasi bilanmi? Ayniqsa, ikkinçi tölqin boşlangan, karantin çoralari kuçayişi ehtimoli kundan-kunga ortayotgan, tibbiyot tizimi bu "nagruzka" bardoş berişiga savollar köpayayotgan payti har bir qadam ilmiy asoslangan, siyosatçilarning gapi bilan emas, balki soha mutaxassislarining aniq-tiniq tavsiyalari bilan yölga qöyilişi kerak, nazarimizda.

