Toşkent şahar hokimligi boşqarma boşliği örinbosari hibsga olindi
Toşkent şahar hokimligi kapital quriliş boşqarmasi boşliği örinbosari qamoqqa olindi
U 50 ming dollarlik pora işi böyiça figurantlardan biri ekani maʼlum böldi.
Bir neça kun avval Çilonzor tuman hokimligi bölim boşliği tadbirkorga yerga egalik huquqini rasmiylaştirib beriş uçun 50 ming dollar pora olayotganida qölga olingandi. Xabarda hokimlik vakili tadbirkorga 1 gektar yerga egalik huquqini rasmiylaştirib beriş evaziga 1,4 million dollar söragani aytilgandi.
Uşbu iş doirasida Toşkent şahar hokimligi Kapital quriliş boşqarmasi boşliği örinbosari ham qamoqqa olingan. Bu haqdagi maʼlumotni Boş prokuratura matbuot xizmati Kun.uz`ga tasdiqladi.
Maʼlum bölişiça, Toşkent şahar hokimligi mansabdori – B.A. (1968 y.t.) 24-iyun kuni yuqorida qayd etilgan maqsad bilan 50 ming dollar pora olgan vaqtida DXX va şahar prokuraturasi xodimlari tomonidan qölga olingan.
Bir kun ötib, 25-iyunda Çilonzor tuman hokimligi bölim boşliği X.Ş. (1985 y.t.) ham hibsga olingan — tezkor tadbir davomida B.A. pullarni X.Ş.ga olib borib bergani aytilmoqda.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210- (pora oliş) va 212-moddalari (pora oliş-berişda vositaçilik qiliş) bilan jinoyat işi qözğatilgan, ayblanuvçilar hibsda saqlanmoqda.
👉 @xushnudbek 👈

