Haydovçilardan ayrim hujjatlarni olib yuriş talab etilmaydi
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzVideo xabarErtaga — 1-martdan boşlab, yonida biometrik pasport yoki ID-kartasi mavjud bölganda, haydovçidan "prava", "texpasport", işonçnoma va suğurta polisini yonida olib yurişi talab etilmaydi.
MJtKning 135-moddasiga kiritilgan qöşimçaga köra, yonida Özbekiston Respublikasining içki işlar organlari yoxud konsullik muassasalari tomonidan berilgan biometrik pasport yoki ID-kartasi mavjud bölganda, haydovçining:
➖ transport vositasini boşqariş huquqini beruvçi hujjatni (pravasi);
➖ transport vositasi röyxatdan ötkazilgani töğrisidagi hujjat (texpasport);
➖şuningdek transport vositasiga egalik qiliş, egasi yöqligida undan foydalaniş yoki uni tasarruf etiş huquqini tasdiqlovçi hujjatlar (işonçnoma)ni;
➖ suğurta polisini öz yonida olib yurişi talab etilmaydi.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 2378

