Internetdagi firibgarlardan ehtiyot bo'ling
❗️Firibgarlarga aldanib qolmang. Sizga heç kim özidan-özi pul bermaydi
Internetda 2 ta toifa odamlar köp:
Birinçisi — sodda odamlar. Ular internet haqida yetarli bilimlarga ega bölmaydi, barça texnologiyalarni yaxşi farqlay olmaydi.
Ikkinçisi — firibgarlar. Sodda odamlar köp joyda noinsof va pastkaş insonlar ham köp böladi, albatta.
Yaqinda firibgarlar Uzbekistan Invest degan loyihaga asos solib, “tekin pul beramiz”, deb uz24-invest-space sayt oçibdi. Şunçaki karta raqamingizni aytsangiz böldi, biz sizga 486 ming söm pul beramiz, deb yozişgan.
Oh, oh, qanday mazza, heç narsa qilmasangu, yöq joydan 500 ming söm topsang.
Osmondan tekin pul topişni xohlaydiganlar afsuski köp. Ular plastik karta raqamini hamda SMSda kelgan kodni saytga kiritadi, tamom, şu bilan kartasidagi barça puldan ayriladi.
Bunaqa sodda bölmanglar, iltimos. Internetdagi “Ura, sizga yutuq çiqdi, telefon yoki pul oling” degan gaplarga işonmang. Tekin pişloq qopqonda böladi. Plastigingiz maʼlumotini hamma joyda yozavermang.
👉 @xushnudbek 👈


