Samarqandda 34 kişiga virus yuqtirgan şifokorga iş oçildi
Samarqandda 34 kişiga koronavirus yuqişiga sababçi bölgan şifokorga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Samarqanddagi tibbiy muassasalarning birida bölim mudiri vazifasida işlayotgan fuqaro X.D. joriy yilning 20-aprel kunidan soğliğida özgariş boşlanib, özida yötal, tana haroratining 39S gaça kötarilişi, nafas qisişi kabi koronavirus infeksiyasi belgilarini his qilgani holda uy şaroitida davolana boşlagani aniqlangan.
Oqibatda X.D. u bilan doimiy muloqotda bölgan turmuş örtoği va boşqa qarindoşlari, özi davolagan bemor va hamkasblaridan 11 nafariga, ular orqali yana 23 nafar şaxsga COVID-19 infeksiyasi yuqişiga sababçi bölgan, deya xabar bermoqda “Zarnews” naşri.
2020-yil 12-may kuni X.D.ga nisbatan JKning 257-1-moddasi 1-qismi (sanitariyaga oid qonun hujjatlarni yoki epidemiyaga qarşi kuraş qoidalari buziş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
X.D. orqali kasallik yuqtirgan jami 34 nafar şaxsning barçasi karantinga olinib, viloyat yuqumli kasalliklar şifoxonasida davolanmoqda.
👉 @xushnudbek 👈

