Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Rasul Kuşerbayev ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlarga munosabat bildirdi

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn2 daqiqa0tahrirlangan

Deputat Rasul Kuşerbayev ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan fikrlar böyiça öz munosabatini bildirdi. Jumladan unda şunday deyiladi:

«Internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda men bilan boğliq xabarlar va videomaterial muallifining murojaatlari yuzasidan quyidagilarni bildirib ötmoqçiman.

Yangiyöllik tadbirkor videoda bayon etgan holatlar, yer uçastkasi bilan boğliq vaziyat va boşqa işlar böyiça ayrim prokuratura masʼullarining menga ayblov uyuştiriş, majburan körsatma olişga urinişlari haqida fuqarolar tomonidan menga ham murojaatlar bölgan va ularni imkon darajasida örganganman.

Uşbu holatlar böyiça huquqiy baxo beriş, deputat faoliyati, özi va oilasi daxlsizligi bilan boğliq kafolatlarni töliq taʼminlaş yuzasidan tegişli yuqori idoralarga murojaat qilganman.

Umid qilamanki, barça holatlar heç qanday taʼsirlarsiz xolis örganilib, huquqiy baxo beriladi, deputat daxlsizligi, şaʼni va işçanlik obrösi taʼminlanadi.

Eslatma uçun deputatning odamlarga, tadbirkorlarga huquqiy kömak berişi, muloqot qilişi, döstlarga ega bölişi, xalq dardini eşitib har qanday vaziyatda ham fuqarolarning yonini olişga urinişi qonunbuzarlik bölişi mumkinmas. Bu faqat ayrim nopok şaxslarning dunyoqaraşi xolos.

Bölayotgan işlardan qattiq xafaman.

Barçaga eʼtibor va maʼnaviy qöllov uçun rahmat!»

Munosabat tugadi.

Şuningdek, Boş prokuratura ham bu gap-sözlar yuzasidan öz munosabatini bildirdi va deputatga nisbatan prokuratura organlari tomonidan qandaydir taʼsir körsatişga urinilayotganini inkor etdi. Bunday asossiz iddaolar ortidan kelib çiqayotgan şov-şuvlar jamoatçilik fikrini çalğitişi barobarida xolis tergovga taʼsir qilişi ehtimolini yuzaga keltirayotganini taʼkidladi.

Bundan taşqari, Boş prokuratura xabarida yangiyöllik tadbirkorlar bilan boğliq jinoiy iş tafsilotlarini ham bayon qilingan. Batafsil.

«Dastlabki tergov jarayonida ayblanuvçilarga nisbatan ruhiy yoki jismoniy bosim ötkazganlik holati böyiça heç qanday şikoyat kelib tuşmagan», - deyiladi xabarda.

Biz uşbu holat qonun doirasida tegişli taşkilotlarning nazorati ostida jiddiy körib çiqilişini istaymiz. Agar rostdan miş-mişlar rost bölsa, tergov organlaridagi masʼul şaxslar, agar bu tadbirkorlarning şunçaki öyini bölsa, unda albatta tuhmat qilganlar tegişli javobgarligini olişi kerak. Biz esa hozirgi holatda Rasul Kuşerbayev tomondamiz va barçasi xayrli tugaşiga tilakdoşmiz.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek