Sardobadagi toşqinda zararlangan obyektlar soni maʼlum böldi
Sardobada qança turar va noturar joy obyektlari zararlangani maʼlum qilindi
Sirdaryo viloyati Sardoba suv omborida röy bergan suv toşqini natijasida suv bosgan hududlardagi turar va noturar köçmas mulk obyektlari Davergeodezkadastr qömitasi tomonidan örganib çiqildi.
10-may holatiga köra 10 ta mahalla fuqarolar yiğinining 20 ta aholi yaşaş punktida jami 5969 ta turar va 277 ta noturar joy obyektlari zararlanganligi aniqlandi.
5969 ta turar joylarning 4587 tasi yakka tartibdagi uy joy, 1337 tasi köp qavatli xonadon va 45 tasi qurilişi tugallanmagan uy joylar.
Uşbu zararlangan turar va noturar joylarining kadastr hujjatlari va kadastr pasportlaridan 3599 tasiga dublikat hujjatlari köçmas mulk egalari va foydalanuvçilariga taqdim etiş uçun tayyorlandi.
Suv toşqini oqibatida talofat körgan aholi uylarining kadastr hujjatlari bepul tayyorlab berilişi taşkil etildi.
👉 @xushnudbek 👈

